Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/01 00:45 Inter 1-0 Lechche
15/01 22:30 Verona 2-3 Bolonya
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 2-2 BAA
17/01 00:45 Piza - Atalanta
17/01 01:00 Espanyol - Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal

Jahon chempionatida kuzatishingiz shart bo‘lgan futbolchilar!

Jahon chempionatida kuzatishingiz shart bo‘lgan futbolchilar!

Baho:
+ | -

Jahon chempionati turli futbolchilarni, jumladan, yangi yulduzlarni ko‘rish uchun yaxshi imkoniyatdir. Ularning har biri uchun bunday turnir jiddiy sinov, shu bilan birga o‘zini ko‘rsatish imkoniyat. Yulduz maqomiga ega bo‘lish ular bunga mos kelishi kerak. Keling, JCH-2022da kuzatishingiz kerak bo‘lgan yosh yulduzlarni ko‘rib chiqamiz.

Jud Bellingem ( Angliya, 19 yosh)


Bellingem o‘tgan mavsumdan beri top-klublar bilan bog‘lab kelishmoqda. Jahon chempionati, futbolchi uchun juda muhim turnir bo‘ladi. "Borussiya" uchun bu futbolchini eng yuqori narxga sotish uchun yaxshi imkoniyat. Lekin buning uchun turnirda yaxshi harakat qilishi zarur. Va u turnirni ajoyib tarzda boshlay oldi. Eronga qarshi kechgan Angliyaning birinchi golini aynan Bellingem kiritdi.

Uilyam Saliba (Fransiya, 21 yosh)

Saliba "Arsenal"ga o‘tishi bilan asosiy tarkib futbolchisi bo‘lib qolmadi. London klubiga o‘tganidan ko‘p o‘tmay, u ijara asosida Fransiyaga qaytdi. Uilyamga Mikel Arteta va Didye Deshamga yuqori darajadagi himoyachi ekanligini isbotlash uchun bir necha yil kerak bo‘ldi. Saliba "Arsenal"da muhim o‘yinchi, lekin u hali terma jamoada o‘zini ko‘rsatishi kerak. Jahon chempionati buning uchun ajoyib imkoniyat. Jahon chempionatidagi chiqish futbolchining ishonchini mustahkamlashi yoki aksincha sindirishi mumkin.

Vinisius (Braziliya, 22 yosh)

Vinisius "Real Madrid"da qiyin davrni boshdan kechirdi va hozirda "blankos"ning asosiy o‘yinchilaridan biridir. Braziliyalik futbolchi Chempionlar ligasi finalidagi hal qiluvchi goldan so‘ng bu maqomga ega bo‘ldi. Ammo yosh vinger terma jamoada bosh rollarda bo‘ladimi? Braziliya terma jamoasida raqobat “Real Madrid”nikidan ham yuqoriroqdir. Vinisius "qirollik klubi"ga qo‘shilganidan beri o‘z ustida ko‘p ishladi. Jahon chempionati uning eng yaxshi fazilatlarini ko‘rsatish uchun ajoyib turnirdir.

Gavi (Ispaniya, 18 yosh)

"Barselona" yarim himoyachilari Pedri va Gavi birin-ketin "Golden Boy" mukofotini olishdi. Ko‘pchilik Gavini o‘ta yuqori baholangan futbolchi deb biladi, garchi u bir necha bor jiddiy mutaxassislardan o‘yinlari uchun yuqori baho olgan bo‘lsa ham. Jahon chempionati futbolchi uchun tanqidchilar u haqida noto‘g‘ri fikrda ekanligini ko‘rsatish uchun yaxshi imkoniyat bo‘ladi. Yarim himoyachida, albatta o‘zini ko‘rsatish imkoniyati bo‘ladi. Luis Enrike yosh va iqtidorli ispanlarga ishonadi, ularni muhim o‘yinlarda maydonga tushirishdan qo‘rqmaydi.

Aureliyen Tchuameni (Fransiya, 22 yosh)

Kasemiro to‘satdan "Manchester Yunayted"ga ketganidan so‘ng, Tchuameni "Real Madrid"ga ko‘nikish uchun vaqt kerak bo‘lmadi. Karlo Anchelotti darhol yosh fransuzni jangga uloqtirdi. U vahimaga tushmadi va mavsumning birinchi qismini yaxshi saviyada o‘tkazdi. Aftidan, bonuslarni hisobga olmaganda 80 million yevroning yuqori bahosi futbolchiga bosim o‘tkazmayapti. "Qaymoqranglilar" o‘tgan yozda futbolchi uchun bu summani "Monako"ga to‘lagandi. Jahon chempionatida yarim himoyachi Ngolo Kante va Pol Pogba yo‘qligini inobatga olgan holda o‘zini yulduz sifatida ko‘rsatish va terma jamoaga yordam berish uchun yaxshi imkoniyatga ega bo‘ladi.

Jamal Musiala (Germaniya, 19 yosh)

Musiala Myunxenda ham, butun Germaniyada ham yuqori baholanadi. Lotar Matteus "Bavariya"ga har qanday holatda ham futbolchini sotmaslikni maslahat berdi. Yosh bo‘lishiga qaramay, yarim himoyachi allaqachon “Bavariya” tarkibida 100 ta o‘yin o‘tkazgan. Jamol Florian Virs va Karim Adeyemidan yuqori o‘rinlarda. Bu yigitlar kelajakda “Bundestim”ning timsoliga aylanishi kerak. Musiala allaqachon yuqori saviyada o‘ynashi kutilmoqda, shuning uchun jahon chempionati uning uchun jiddiy sinov bo‘lishi mumkin.

Darvin Nunyes (Urugvay, 23 yosh)

Urugvay terma jamoasi avlodlar almashinuvini boshdan kechirmoqda va Nunyes bu jarayonning bir qismi. Urugvayliklarni, ayniqsa Darvinni tomosha qilish qiziq bo‘ladi. Yosh hujumchi hali ham o‘zi haqida ikki tomonlama taassurot qoldiradi. "Benfika"da u yorqin o‘yin ko‘rsatdi, ammo "Liverpul"da u hali ajoyib statistika ko‘rsatgani yo‘q. Ammo Yurgen Klopp futbolchiga ishonadi va u tez orada yangi klubiga to‘liq moslashadi. Jahon chempionatidagi muvaffaqiyatli o‘yin hujumchini mavsumning ikkinchi qismida ruhlangan holda o‘ynash imkonini beradi.

Kiritildi: 22:00, 22.11.2022.
O'qildi: 4469 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.