Kirish Ro'yxatdan o'tish
14/03 00:45 Torino 4-1 Parma
14/03 01:00 Alaves 1-1 Vilyarreal
14/03 18:00 Jirona 3-0 Atletik Bilbao
14/03 19:00 Inter 1-1 Atalanta
14/03 20:00 Sanderlend 0-1 Brayton
14/03 20:00 Byornli 0-0 Bornmut
14/03 20:15 Atletiko 1-0 Xetafe
14/03 22:00 Napoli 2-1 Lechche
14/03 22:30 Chelsi 0-1 Nyukasl
14/03 22:30 Arsenal 2-0 Everton
14/03 22:30 Real Ovyedo 1-0 Valensiya
15/03 00:45 Udineze 0-1 Yuventus
15/03 01:00 Vest Xem 1-1 Manchester Siti
15/03 01:00 Real Madrid - Elche
15/03 16:30 Verona - Jenoa
15/03 18:00 Malyorka - Espanyol
15/03 19:00 Nottingem Forest - Fulhem
15/03 19:00 Man. Yunayted - Aston Villa
15/03 19:00 Kristal Pelas - Lids
15/03 19:00 Piza - Kalyari
15/03 19:00 Sassuolo - Bolonya
15/03 20:15 Barselona - Sevilya
15/03 21:30 Liverpul - Tottenhem
15/03 22:00 Komo - Roma
15/03 22:30 Betis - Selta
16/03 00:45 Lasio - Milan
16/03 01:00 Real Sosyedad - Osasuna

Bolalar futboli bu og‘riqli masala-mi...?

Bolalar futboli bu og‘riqli masala-mi...?

Baho:
+ | -
Bo'lim: O'ZBEK FUTBOLI
Rukn: Yangiliklar

«Daryo» internet-nashri Toshkent shahri hokimligi qoshidagi Jamoatchilik kengashi bilan birgalikda «Mahalla. Muammo. Mulohaza» loyihasini taqdim etib kelmoqda. 

Loyihaning 7-son mavzusi «Mahalla futboli» bo‘lib, dastur mehmoni sifatida sport jurnalisti va sharhlovchi Davron Fayziyev taklif etildi.

Dastur davomida boshlovchi Furqat Mahmudxo‘jayev va mehmon Davron Fayziyev o‘zbek futbolida yetishib chiqayotgan yosh iste’dodlar, ularga yaratilgan sharoitlar, professional sportchi bo‘lishgacha kechadigan sinovlar haqida suhbatlashdi.

— «Mahalliy turnirlardan yorib chiqqan noyob yosh futbolchilar ma’lum paytga kelgandan keyin yo‘q bo‘lib qoladi. Hayot o‘z yoliga soladi, kimdir o‘qishga kiradi, kimdir tirikchilik bilan ovora bo‘ladi. Balki ularning orasida Mirjalol Qosimovlar, Abduraimovlar bor, lekin ular katta futbolga yetib kela olishmayapti. Mahalla futbolini rivojlantirishdan asosiy maqsad ham mana shu brilliantlarni topish», — deydi Furqat Mahmudxo‘jayev.

— «Keyin yo‘qotib qo‘ymaslik ularni, — qo‘shimcha qildi dastur mehmoni, — Bu juda og‘riqli masala. Chunki bolalar futbolida ancha muvaffaqiyatli o‘ynagan talantlar negadir oxirigacha borib, milliy terma jamoa darajasiga chiqolmay qoladi. Tizimda uzilishlar bo‘lgan, shu uchun hozir qaytadan ishlab chiqilyapti».

Davron Fayziyevning ta’kidlashicha, futbol faqat maydonda to‘p tepishdan iborat emas. Kun tartibi, vitaminizasiya, to‘g‘ri ovqatlanishning ham yaxshigina ta’siri bor.

Bu yerda gap futbolchidan ko‘ra, uning ota-onasiga bog‘liq. Bitta futbolchini tarbiyalab, undagi har xil chalg‘ituvchi xayollarni quvish uchun ancha-muncha vaqt, kuch, energiya va hatto mablag‘ni sarflashga to‘g‘ri keladi.

Aytishadi-ku, tanish-bilishchilik deb, to‘g‘ri, qayerdadir bo‘lishi mumkin. Lekin men hech uchratmaganman boyvachcha oiladan futbolchi chiqqanini. Ko‘pincha qiynalgan oilalardan chiqadi, o‘ziga motivasiya beradi, oilamning yaxshi sharoitda yashashini ta’minlayman deb. Lekin qiyin sharoitda katta bo‘layotgan bolada o‘sha to‘g‘ri ovqatlanish, vitaminlar, vaqtida kerakli mahsulotni yeyish kabi imkoniyatlar bo‘lmasligi mumkin.

Butun prossesni nazorat qilish muhim, — deydi u.

Kiritildi: 23:44, 23.11.2022.
O'qildi: 1226 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.