Kirish Ro'yxatdan o'tish

Gomes klubini o‘zgartirishi mumkin

Gomes klubini o‘zgartirishi mumkin

Baho:
+ | -

Argentina terma jamoasi hujumchisi Alexandro Gomes jahon chempionatidan so‘ng «Sevilya»ni tark etishi mumkin, deb xabar beradi TuttoMercatoWeb.

Manbaga ko‘ra, 34 yoshli vingerga "Verona" va MLSning "Sinsinnati" klublari qiziqish bildirmoqda.

Futbolchining ispan klubi bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar tuzilgan. Transfermarkt Gomesni 4 mln yevroga baholagan.

Joriy mavsumda futbolchi andalusiyaliklar safida 17 ta o‘yin o‘tkazib, ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.

Gomes 2021 yilning yanvaridan beri «Sevilya» sharafini himoya qilib kelmoqda. Avvalroq u «Atalanta», «Kataniya», «San-Lorenso» va Xarkovning «Metalist» klublarida o‘ynagan.

Kiritildi: 12:47, 24.11.2022.
O'qildi: 1956 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик