Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/11 16:00 Neftchi 2-0 Nasaf
22/11 18:15 Qizilqum 1-5 Navbahor
23/11 01:00 Xetafe 2-0 Valyadolid
23/11 15:00 Olimpik - Bunyodkor
23/11 17:15 Andijon - Dinamo
23/11 17:30 Lester - Chelsi
23/11 18:00 Valensiya - Betis
23/11 19:00 Verona - Inter
23/11 20:00 Bornmut - Brayton
23/11 20:00 Arsenal - Nottingem Forest
23/11 20:00 Aston Villa - Kristal Pelas
23/11 20:00 Everton - Brentford
23/11 20:00 Fulhem - Vulverhempton
23/11 20:15 Atletiko - Alaves
23/11 22:00 Milan - Yuventus
23/11 22:30 Manchester Siti - Tottenhem
23/11 22:30 Las-Palmas - Malyorka
23/11 22:30 Jirona - Espanyol
24/11 00:45 Parma - Atalanta
24/11 01:00 Selta - Barselona
24/11 15:00 Metallurg - Surxon
24/11 16:30 Jenoa - Kalyari
24/11 17:15 So‘g‘diyona - Lokomotiv
24/11 18:00 Osasuna - Vilyarreal
24/11 19:00 Sautgempton - Liverpul
24/11 19:00 Torino - Monsa
24/11 19:00 Komo - Fiorentina
24/11 20:15 Sevilya - Rayo Valyekano
24/11 21:30 Ipsvich - Man. Yunayted
24/11 22:00 Napoli - Roma
24/11 22:30 Leganes - Real Madrid

Osiyoliklar sensasiyasi davom etadimi? (prevyu)

Osiyoliklar sensasiyasi davom etadimi? (prevyu)

Baho:
+ | -

Urugvay va Janubiy Koreya terma jamoalari jahon chempionatlarida muntazam ishtirok etishadi. Urugvayliklar ikki karra jahon chempionati g‘olibi, yana uch marta uchinchi o‘rinni egallagan. Ular 13 marta jahon chempionatlarida qatnashgan va bor-yo‘g‘i uch marta guruhdan chiqa olmagan.

“Osiyo yo‘lbarslari” saralashdan ozod qilingan 2002 yilni hisobga olmaganda, koreyslar qatorasiga to‘qqizinchi jahon chempionatiga chiqishdi! Ular guruhdan ikki marta - 2002 yilda va 2010 yilda chiqishgan.

Urugvay

1. Tajriba va yoshlikning uyg‘unligi Diyego Alonso jamoasi muvaffaqiyatining kalitidir.

Urugvay terma jamoasi Oskar Tabares ketganidan so‘ng to‘rtta o‘yindan to‘rttasida g‘alaba qozondi va  jahon chempionatiga chiqdi. Jamoada istak va ishtiyoq bor edi, futbolchilar ko‘z o‘ngida umid uchunlari qaytdi. Urugvayliklarning Diyego Alonso kelganidan keyingi harakatlarini tomosha qilish qiziq bo‘ldi. Murabbiy zo‘r strateg va psixolog bo‘lib chiqdi. Oldin yetishmayotgan eski va yangi avlod o‘yinchilari o‘rtasida muvozanatni topa oldi, natija uzoq kutilmadi. Urugvay terma jamoasining so‘nggi o‘yinlari mamlakatda optimistik kayfiyat uyg‘otdi.

2. Urugvayning faxriylari yaxshi formada emas

Luis Suares, Edinson Kavani va Diyego Godin - Urugvay terma jamoasi bilan tarix yaratgan va natijalarga erishgan o‘tgan yillarning yulduzlari. Biroq, faxriylarning formasi yaxshi holatda emas. Suares vataniga qaytdi. Mahalliy chempionatda Luis jami 14 o‘yin o‘tkazib, sakkizta gol urdi, ammo bu La Liga darajasidan ancha yiroq, hatto Segunda bilan ham solishtirish qiyin. Shunday qilib, uning haqiqiy holati haqida faqat taxmin qilish mumkin. Kavani «Valensiya» safida bor-yo‘g‘i yettita o‘yin o‘tkazdi va so‘nggi uch oyda to‘rtta gol urdi, natijada u ikki hafta oldin jarohat olgandi - uning birinchi turda maydonga tushishi dargumon. Diyego Godinning holati ham katta savollar tug‘diradi. U bu kalendar yili juda kam o‘ynadi: dastlab "Atletiko Mineiro" tarkibida kamdan-kam o‘yinda maydonga tushdi, "Veles"da esa jarohat tufayli ko‘p o‘yin o‘tkazib yubordi.

3. Urugvayda istiqbolli yangi avlod bor

Urugvay terma jamoasida avlodlar almashinuvi bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda. Faxriylar kelajakka xotirjamlik bilan qarashlari mumkin, chunki yoshlar juda yaxshi ulg‘ayib bormoqda. Federiko Valverde, Darvin Nunyes, Ronald Arauxo allaqachon Yevropa futbolining yulduzlariga aylanishgan, yosh Manuel Ugartega ham e’tibor qaratish lozim. Valverde bu mavsumda ajoyib o‘yinlar namoyish etmoqda va nihoyat o‘z klubining asosiy tarkibidan joy oldi. "Real Madrid" yarim himoyachisi sentyabr oyida La Liganing eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Qayd etish joizki, Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida aynan Federiko «ko‘k»larni boshqaradi. Luis Suares o‘rniga Premyer-ligada Xolanddan keyingi eng tezkor futbolchi Darvin Nunyes keldi, u yaqin vaqtgacha to‘rtta o‘yinda to‘rtta gol urdi. Bu yigit albatta jahon chempionatida o‘zini ko‘rsatishi kerak! Arauxoning yo‘qligi achinarli - «Barselona» himoyachisini terma jamoa juda sog‘inib qoladi.

Janubiy Koreya

1. Jarohat olgan Son Xyon Min terma jamoasiga qanchalik foydali bo‘ladi?

Bu qarama-qarshilikda ko‘p narsa Janubiy Koreya terma jamoasi yetakchisi Son Xyon Min qanday formada bo‘lishiga bog‘liq bo‘ladi. Futbolchi jarrohlik amaliyotini boshidan o‘tkazdi va uning birinchi o‘yin oldidagi holati xavotir uyg‘otmoqda. Yetakchining yo‘qligi yoki uning suboptimal holati nominal mehmonlarni sezilarli darajada zaiflashtirishi mumkin. Janubiy koreyalik futbolchi Chempionlar ligasidan o‘rin olgan «Tottenxem» – «Marsel» uchrashuvida jarohat olgan edi. Keyinchalik futbolchi muvaffaqiyatli operasiya qilindi. Son joriy mavsumda «Tottenxem» safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Agar koreyalik murabbiylar shtabi uni maydonga tushirishga qaror qilsa, u holda hujumchi maxsus himoya niqobida maydonga tushadi. Og‘riq va barcha noqulayliklarga qaramay, Son o‘ynashga tayyor.

2. Koreyslarning asosiy yutug‘i - jamoaviy o‘yin

Paulo Bentu jamoasi 2022 yilda allaqachon 16 ta o‘yin o‘tkazgan. Yoz boshidan buyon koreyslar yettita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushishdi va faqat bitta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rishdi (Braziliyaga qarshi 1:5). Shundan so‘ng, Koreya Chili (2:0), Misr (4:1), Kamerun va Islandiyani (har ikki o‘yinda ham – 1:0) mag‘lub etdi, shuningdek, Paragvay va Kosta-Rika bilan durang o‘ynadi (har ikki o‘yin – 2:2). Sharqiy Osiyo kubogida ham yaponlardan mag‘lubiyat (0:3) bo‘ldi.

Koreya terma jamoasi himoyada ancha tartibli o‘ynaydi, bir o‘yinda kamdan-kam hollarda ikkitadan ortiq gol o‘tkazib yuboradi. Demak, Osiyoda so‘nggi saralash guruhining 10 o‘yinida raqiblar Janubiy Koreya darvozasiga atigi uch marta gol kiritgan bo‘lsa, Rossiyada bo‘lib o‘tadigan JCH-2018 guruhida koreyslar uchta o‘yinda uchta gol o‘tkazib yuborishgan. 

Albatta, Diyego Alonso koreyslarga qarshi o‘yinda hujumkor 4-3-3 sxemasini afzal ko‘radi. Hujumda: Suares, Nunes va Pellistr maydonga tushishi utilmoqda.

Paulo Bentodan ikkita tayanch yarim himoyachili 4-2-3-1 taktikasini tanlashi kutilmoqda. Barcha qiyinchiliklarga qaramay, Koreya hujumchisi Son Xyon Min baribir asosiy tarkibda o‘yinni boshlasa kerak. 

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:48, 24.11.2022.
O'qildi: 2958 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.