Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/03 00:45 Fiorentina 1-1 Inter
23/03 01:00 Real Madrid 3-2 Atletiko

Pirlo: "Krishtianu buni ancha oldin reja qilgan"

Pirlo: "Krishtianu buni ancha oldin reja qilgan"

Baho:
+ | -

Italiyalik sobiq futbolchi Andrea Pirlo yaqinda Krishtianu Ronalduning "Manchester Yunayted"dan ketgani haqida gapirdi.

Hafta boshida klub 37 yoshli portugaliyalik bilan shartnomani bekor qilganini rasman e’lon qildi. Bunday qarorga hujumchining shov-shuvli intervyusi sabab bo‘ldi.

"Menimcha, Ronaldu bu intervyuga anchadan beri tayyorgarlik ko‘rgan, u hamma narsani rejalashtirgan edi. Uning uchun bu muammo emas. Bu holat Portugaliya terma jamoasiga qandaydir tasir qiladi deb o‘ylamayman – jahon chempionatida undan baribir “Manchester Yunayted” haqida so‘rashgan bo‘lardi.

Menimcha, shuning uchun u musobaqadan oldin masalani yopishga qaror qildi. Endi u bor e’tiborini terma jamoaga qaratishi mumkin", - deya Pirloning so‘zlarini keltiradi Football-Italia.

Kiritildi: 10:25, 26.11.2022.
O'qildi: 9699 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик