Lionel Messi beshinchi jahon chempionatida golli uzatmani amalga oshirdi.
Argentinalik hujumchi JCH-2022 guruh bosqichining 2-turida Meksikaga qarshi o‘yinda (2:0) Enso Fernandesga golli pas berdi. Bu o‘yinda Messi shuningdek o‘zi ham gol urdi.
Forvard beshta jahon chempionatida golli uzatmani qayd etgan tarixdagi birinchi futbolchiga aylandi. 2006 yilda u 1 ta, 2010, 2014 va 2018 yillarda esa 2 tadan golga assistentlik qilgan.