Kamerun va Serbiya terma jamoalari JCH-2022 guruh bosqichi o‘yini uchun asosiy tarkiblarni e’lon qildi. E’tiborlisi, kamerunliklar asosiy darvozaboni Andre Onana tarkibda emas.
Bein Sports xabariga ko‘ra, darvozabon intizomiy sabablarga ko‘ra jamoadan chetlatilgan.
JCH-2022 doirasidagi Shveysariyaga qarshi o‘tgan o‘yinda Onana birinchi daqiqalardanoq maydonga tushgandi.