Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/11 00:45 Inter 1-0 Venetsiya
04/11 01:00 Atletik Bilbao 1-1 Betis
04/11 19:00 Al-Vasl 1-1 As-Sadd
04/11 21:00 Al-Ahli (SA) 5-1 Ash-Shorta
04/11 21:00 Persepolis 1-1 Al-G‘arafa
04/11 22:30 Empoli 1-0 Komo
04/11 22:30 Parma 0-1 Jenoa
04/11 23:00 Al-Hilol 3-0 Istiqlol
05/11 00:45 Lasio 2-1 Kalyari
05/11 01:00 Selta 1-0 Xetafe
05/11 01:00 Fulhem 2-1 Brentford
05/11 13:00 Sentrel Kost - Shanghai Shenhua
05/11 15:00 Kavasaki Frontale - Shangxay Port
05/11 15:00 Vissel Kobe - Kvangju
05/11 17:00 Johor Dorul Ta'zim - Ulsan Xyonde
05/11 19:00 Paxtakor - Ar-Rayyan
05/11 23:00 An-Nasr (SA) - Al-Ayn

Ronaldu va Messining jahon chempionatlaridagi statistikasini solishtiramiz

Ronaldu va Messining jahon chempionatlaridagi statistikasini solishtiramiz

Baho:
+-1 | -

Krishtianu Ronaldu va Lionel Messi XXI asrning katta qismida futbolda hukmronlik qilishdi. Bu duyet birgalikda jami 12 ta "Oltin to‘p" sovriniga ega va ko‘pchilik ularni barcha davrlarning eng zo‘r ikki futbolchisi deb biladi.

Messi va Ronaldu o‘rtasidagi taqqoslash hech qachon tugamaydi. Munozara abadiy davom etadi. Ammo ulardan qaysi biri jahon chempionatida o‘zini yaxshiroq ko‘rsatgan? Keling, hozir shu haqida qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.

10. O‘tkazilgan o‘yinlar (Krishtianu Ronaldu - 18, Lionel Messi - 21)

Bu ko‘rsatkichda Lionel Messi g‘alaba qozondi. Messi Argentina terma jamoasini JCH-2014 finaliga olib chiqdi. Ronalduning jahon chempionatidagi eng yuqori natijasi 2006 yilda yarim finalga chiqqanida qayd etilgan.

9. Gollar (Krishtianu Ronaldu - 8, Lionel Messi - 8)

Bu borada durang: ikkala afsona ham jahon chempionatlarida sakkiztadan gol urgan. Biroq, Ronaldu ham, Messi ham pley-offda birorta ham gol ura olmagan, g‘aroyib!

8. Assistentlik (Ronaldu - 2, Messi - 6)

Messi har doim bu juftlikda eng yaxshi pleymeyker bo‘lgan. Shunday ekan, u golli uzatmalarda Ronaldudan ancha oldinda bo‘lishi ajablanarli holat emas. Messi oltita, Ronaldu esa atigi ikkita golli uzatmani amalga oshirgan.

7. Gol/assistentlik uchun o‘rtacha daqiqa (Ronaldu 156,1, Lionel Messi 128,9)

Messi jahon chempionatida 21 ta o‘yinda 14 ta gol urgan. Ronaldu 18 uchrashuvda 10 ta gol urgan. Messi bu ko‘rsatkichni yutadi, chunki u portugaliyalik hamkasbiga qaraganda daqiqalar va gollar nisbati yaxshiroq.

6. Xet-triklar (Ronaldu - 1, Messi - 0)

Ronaldu 2018 yilgi Jahon chempionatining birinchi o‘yinida Ispaniyaga qarshi o‘yinda ajoyib xet-trik qayd etdi. O‘yinning 88-daqiqasida Ronalduning jarima zarbasidan kiritgan fantastik golini muxlislar yodidan chiqarmagan bo‘lsa kerak.

Messi faoliyati davomida hech qachon jahon chempionatlarida xet-trik qayd etmagan.

5. Penaltilardan gol (Ronaldu - 3, Messi - 1)

Krishtianu Ronalduning jahon chempionatidagi sakkizta golidan uchtasi penaltidan kiritilgan. Ronaldu to‘rtta penaltidan uchtasini golga aylantirdi. Messi esa jahon chempionatlarida ikkita penaltidan bittasidan unumli foydalangan.

4. Jarima zarbalaridan gollar (Ronaldu - 1, Messi - 1)

Ronaldu ham, Messi ham jarima zarbasidan unumli foydala oladigan futbolchilar hisoblanadi. Ammo ikkala yulduz ham JCHlarda faqatgina bir marotabadan jarima zarbasini golga aylantirgan.

3. Muvaffaqiyatli driblinglar (Ronaldu - 36, Messi - 114)

Ronaldu FIFA Jahon Chempionatlarida 36 ta muvaffaqiyatli driblingni amalga oshirdi. Bu juda yaxshi statistika, ammo Messining statistikasi bu borada Ronaldunikidan ancha yuqori bo‘lib chiqdi.

Yetti karra "Oltin to‘p" sohibi dunyodagi eng yaxshi driblingchilardan biridir. U jahon chempionatida 114 ta muvaffaqiyatli driblingni amalga oshirdi.

2. Kalit paslar (Ronaldu - 22, Messi - 58)

Messi o‘yinni tashkil eta olishi tufayli golli vaziyatlar yaratishda ko‘pchilik raqiblaridan ustun turadi. Messida 58 ta, Ronalduda esa 22 ta kalit uzatma bor.

1. Uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi sovrini (Ronaldu 7, Messi 7)

Messi jahon chempionatida o‘ynagan 21 o‘yinning 7 tasida eng yaxshi futbolchi bo‘lgan. Ronaldu huddi shuncha mukofot olish uchun Messidan 3 ta o‘yin kam o‘tkazgan.

Demak, yakuniy hisob - 5:2. Messi Jahon chempionatlarida Ronaldudan ko‘ra ayrim jabhalarda yaxshiroq o‘yin ko‘rsatganini isbotlaydi. Bu shunchaki statistika ekanligini yodingizdan chiqarmang!

Kiritildi: 16:54, 28.11.2022.
O'qildi: 9836 marta.
Fikrlar: 11 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.