Kirish Ro'yxatdan o'tish
03/02 00:45 Udineze 1-0 Roma
03/02 01:00 Sanderlend 3-0 Byornli
03/02 01:00 Malyorka 4-1 Sevilya
03/02 11:00 Eron 7-4 O‘zbekiston
03/02 13:00 Iroq 4-2 Tailand
03/02 15:00 Yaponiya 6-0 Afg‘oniston
03/02 17:00 Indoneziya 3-2 Vyetnam
04/02 00:45 Bolonya 0-3 Milan
05/02 13:00 Iroq - Eron
05/02 17:00 Indoneziya - Yaponiya

Qahramon Aslanov Braziliya haqida fikr bildirdi

Qahramon Aslanov Braziliya haqida fikr bildirdi

Baho:
+ | -

Braziliya ikki turdan so‘ng 6 ochko olgan ikki jamoaga aylandi. Tite bosimlardan holi, ajoyib muhitdagi, futbolga och jamoa tuzgan.

Bilasizmi, eng e’tiborli jihat nimada? Aytishlaricha, futbolchilar dastlabki 10 gol uchun nishonlash raqslarini ham tayyorlab qo‘yishgan ekan. Gapni qarang, «dastlabki 10», ya’ni undanam ko‘p urishmoqchi. Ammo qiziq tarafi, jamoa o‘yini qaraganingizda, shunday katta gaplarga xos pijonlikni, ortiqcha karnavalcha kayfiyatni ham ko‘rmaysiz. O‘yin oxirigacha diqqat jamlangan holda, murabbiy ko‘rsatmalari, tartib yo‘qolib qolmayapti.

Neymar, Vinisius, Risharlison, Antoni, Jezus, Rafinya kabilarni bir yerga yig‘ib, faqat maydon tashqarisida va gol nishonlayotganda bayramona, boshqa payt jiddiy o‘ynashga o‘rgatish oson ish emas.

Masalan, Braziliya o‘yinning qaysi pallasida bo‘lsayam, birinchi golni ursa, «bo‘ldi, yutdi» deb yuboryapsizmi, siz ham? Bu jamoaning qanaqadir kuchli himoyaga ega ekanidan yoki o‘yinni yaxshi o‘ldirishidan emas, aksincha, faqat Braziliya har ikki o‘yinining har daqiqasini o‘z nazoratida o‘tkazdi. Gol urgan sari esa, yanada kuchaya bordi.

Har safar turnir davomida o‘z muxlislarini, boshqalarning simpatiyasini ko‘paytirib boradigan jamoalar bo‘ladi.

Men ushbu mundial boshida biror jamoaga muxlis emasdim...

Qahramon Aslanov.

Manba: https://t.me/aslanov_futbol
Kiritildi: 23:20, 28.11.2022.
O'qildi: 3494 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.