Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/12 01:00 Real Ovyedo 0-0 Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa 2-1 Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal 2-0 Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo 3-1 Fiorentina
06/12 20:00 Everton 3-0 Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti 3-0 Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl 2-1 Byornli
06/12 20:00 Tottenhem 2-0 Brentford
06/12 20:00 Bornmut 0-0 Chelsi
06/12 20:15 Alaves 1-0 Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter 4-0 Komo
06/12 22:30 Lids 3-3 Liverpul
07/12 00:45 Verona - Atalanta
07/12 01:00 Atletik Bilbao - Atletiko
07/12 16:30 Cremonese - Lechche
07/12 18:00 Elche - Jirona
07/12 19:00 Brayton - Vest Xem
07/12 19:00 Kalyari - Roma
07/12 20:15 Valensiya - Sevilya
07/12 21:30 Fulhem - Kristal Pelas
07/12 22:00 Lasio - Bolonya
07/12 22:30 Espanyol - Rayo Valyekano
08/12 00:45 Napoli - Yuventus
08/12 01:00 Real Madrid - Selta
08/12 19:00 Piza - Parma
08/12 22:00 Udineze - Jenoa

Qatarga 1500 "ajnabiy" muxlislar qayerdan kelgandi?

Qatarga 1500 "ajnabiy" muxlislar qayerdan kelgandi?

Baho:
+ | -

Qatardagi Jahon chempionatining guruh bahclari o‘z yakuniga yetishga yaqin turibdi. Bugundan guruh bahslarining 3 turi start oladi. Mezbonlarning o‘zi turnirni guruh bosqichida tark etgan tarixdagi ilk terma jamoaga aylandi. Ammo qatarlik futbolchilarning "eshikni qattiq yopib" chiqib ketish imkoniyati mavjud. Ular 3 turni A guruhining eng kuchli jamoasi bo‘lgan Niderlandiyaga qarshi o‘tkazadi. Shovqinli, ehtiroslarga boy bo‘lgan bir guruh muxlislar yana o‘sha, oldiga "Qatar" deb yozilgan jigarrang liboslar bilan stadionning bir sektorini to‘ldirib o‘tiradi.


"New York Times" nashrining iddao qilishicha, ushbu muxlislar o‘zga mamlakatlardan, ma’lum miqdordagi haq evaziga olib kelinib, o‘sha atmosferani yaratish uchun vazifalantirilgan. Ularning soni taxminan 1500 atrofida. Yo‘llangan muxlislar Livan, Suriya, Misr va Jazoir davlatlaridan taklif etilgan bo‘lib, ular uchun Qatarda tekin joy, oziq-ovqat va o‘yin chiptalari kafolatlangan. Shuningdek, ularga ko‘rsatgan "xizmatlari" uchun maosh ham beriladi. Nashrning qayd etishicha, ushbu muxlislar oktyabr oyining o‘rtalarida Qatarga kelgan. Ular bir oy mobaynida kuy-qo‘shiqni qanday kuylash va mamlakat milliy madhiyasini aytishni mashq (repitisiya) qilishgan. O‘sha muxlislardan biri, asli livanlik bo‘lgan (ismi yashirilgan) fan klub a’zosining so‘zlariga ko‘ra, pul bu yerda asosiy rol o‘ynamaydi.

U shunday deydi: "Bilasizmi, biz arab mamlakatlaridan birini qo‘llab-quvvatlashni burchimiz deb bilamiz. Bizning tilimiz, dinimiz va madaniyatimiz bir. Bu yerda esa ana shu narsalarni ulashmoqdamiz. Dunyoga o‘zgacha kayfiyat namoyish etishni niyat qilganmiz. Jamoamiz yutishi yoki mag‘lub bo‘lishidan qat’iy nazar, biz o‘z suyuklilarimizni oxirigacha qo‘llaymiz".

Qatar Jahon chempionatiga mezbonlik qilish huquqini yutib olganidan beri 14 yil o‘tdi. Bu vaqt davomida ko‘pchilik tomonidan Qatar tomon tanqid toshlari otilgandi. Shunday masalalardan biri qatarliklarning futbolga muxlislik qilish madaniyatining yo‘qligi edi. Yo‘llangan muxlislar voqeasi esa ushbu tanqidlarning asosli ekanini anglatadi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 20:17, 29.11.2022.
O'qildi: 2587 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.