Kirish Ro'yxatdan o'tish

Pochettino: "Reshfordga ishonch bildirilishi kerak"

Pochettino: "Reshfordga ishonch bildirilishi kerak"

Baho:
+ | -

«Tottenxem» va «PSJ» sobiq bosh murabbiyi Maurisio Pochettino «Manchester Yunayted» hujumchisi Markus Reshford haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Argentinalik mutaxassis hozirda Qatardagi jahon chempionatida o‘z terma jamoasi sharafini himoya qilayotgan angliyalik hujumchiga doim xayrixoh bo‘lganini tan oldi.

«Menimcha, u ajoyib futbolchi. Unga faqat eng yuqori darajaga erisha olishiga ishonch kerak, chunki u doimo kerakli fazilatlarga ega bo‘lgan», dedi Pochettino.

25 yoshli Reshford joriy mavsumda "mankunianliklar" safida 19 ta o‘yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 19:09, 01.12.2022.
O'qildi: 1745 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик