Kirish Ro'yxatdan o'tish
07/07 00:00 Niderlandiya 2-1 Turkiya
07/07 03:00 Kolumbiya 5-0 Panama
07/07 06:00 Urugvay 0-0 Braziliya

"Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Arsenal"ning nishonlaridan tuzilgan ramziy terma jamoa

"Manchester Yunayted", "Liverpul" va "Arsenal"ning nishonlaridan tuzilgan ramziy terma jamoa

Baho:
+ | -

Jahon chempionati futbolchilarga har doim yangi imkoniyatlar taqdim etgan. U yerda o‘zini ko‘rsata olgan o‘yinchilar, keyinchalik katta klublarga o‘tishi ayon bo‘ladi. Quyida "MYU", "Arsenal" va "Liverpul"ning transfer nishonlaridan tuzilgan ramziy terma jamoa haqida gaplashamiz.


Diogu Koshta – Portugaliya

"Portu" darvozaboni ayni damda Jahon chempionatida ishtirok etmoqda. Uning narxi 65 million funt atrofida baholangan. Koshta uchun "MYU" katta qiziqish bilan qaramoqda. 23 yoshli futbolchi yaqindagina "Portu" bilan yangi bitim imzolagan edi.

Teo Ernandes – Fransiya

"Milan" va Fransiya terma jamoasi himoyachisining ko‘rsatayotgan o‘yini ko‘plab klublarning qiziqishini uyg‘otmoqda. Ernandes hozirga qadar milliy jamoada 9 ta o‘yinda maydonga tushishga ulgurgan. U uchun "MYU" va "Real" da’vogar sanaladi.

Edson Alvares – Meksika

Meksikalik yulduz bu mavsumda asosan tayanch nuqtasida harakat qildi. Ammo Alvares bemalol markaziy himoyachi vazifasini ham bajara oladi. Uning "Ayaks"dagi o‘yinlari "Chelsi" va "Liverpul"ning nazariga tushgan. Edson Jahon chempionatidagi Argentinaga qarshi bahsda zaxirada qoldirilgan edi.

Yoshko Gvardiol – Xorvatiya

"Leypsig" himoyachisi o‘zining ishonchi harakatlari bilan "Chelsi" va "Arsenal"ning qiziqishini uyg‘ota olgandi. Gvardiolga "Tottenxem" ham qiziqish bildirgan. U Xorvatiya bilan Marokash va Kanadaga qarshi bahslarda asosiy tarkibda harakat qildi.

Denzel Dyumfris – Niderlandiya

Dyumfris Qatarda ko‘plab skautlar tomonidan kuzatilayotgani aytiladi. Unga "MYU", "Chelsi" va "Tottenxem" qiziqish bildirgan edi. Hozircha uning jamoasi pley-offga yo‘l oldi.

Sofyan Amrabat – Marokash

"Liverpul"ga yarim himoyachi kerak bo‘lib turibdi. Amrabat esa Marokash bilan yorqin o‘yinlar bilan 1/8 finalga yo‘l oldi. Bu narsa mersisaydliklarga katta umid bermoqda. "Fiorentina" qishda uni APLga yuborishi mumkin.

Milinkovich-Savich – Serbiya

Serbiyalik yarim himoyachi "MYU"ning ko‘pyillik maqsadi sanaladi. Uning "Lasio" bilan tuzgan shartnomasi 2024 yilda tugaydi. 27 yoshli yarim himoyachi mundialda Kamerun darvozasiga to‘p kiritgan.

Muhammad Kudus – Gana

Hujumkor yarim himoyachi ganaliklar safida katta hajmdagi ishlarni bajardi. "Ayaks" yulduzi ayni damda "Liverpul" "Real", "Arsenal" va "Atletiko"ning radarida turibdi.

Kodi Gakpo – Niderlandiya

"PSV" hujumchisiga yozda "MYU", "Lids" va "Sautgempton" tomonidan qiziqish bildirilgandi. Gakpo buni bekorga emasligini Qatardagi mundialda isbotlamoqda. U guruh bahslarining har uchchalasida gol urishga erishdi.

Noa Okafor – Shveysariya

Okafor Jahon chempionatida unchalik ham ko‘zga tashlanmadi. Unga hozirga qadar 13 daqiqagina o‘yin vaqti taqdim etildi. Ammo Okafor "Zalsburg" safidagi harakatlari bilan allaqachon "Liverpul" va "Chelsi"ning radariga tushgan. 22 yoshli shveytsariyalik 30 million atrofida baholanmoqda.

Joao Felish – Portugaliya

Felish Qatardagi Jahon chempionatidan maksimum foydalanishga harakat qilishi kerak. Chunki u "Atletiko"da asosiy tarkibdan chetda qolgan. Ammo portugaliyalik hujumchi yozda "MYU" tomonidan 100 million funtga baholangandi. Ko‘ramiz, uning qishdagi taqdiri qanday kecharkin...

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 12:51, 02.12.2022.
O'qildi: 2815 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.