Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/05 00:00 Espanyol 0-2 Real Madrid
04/05 19:00 Xorazm 0-3 Andijon
04/05 19:00 Lokomotiv 1-0 Qizilqum
04/05 19:00 Chelsi 1-3 Nottingem Forest
04/05 20:00 Nasaf 0-0 Navbahor
04/05 21:30 Cremonese 1-2 Lasio
04/05 23:45 Roma 4-0 Fiorentina
05/05 00:00 Everton 3-3 Manchester Siti
05/05 00:00 Sevilya 1-0 Real Sosyedad

Tayson Fyuri Londonda o‘tgan boks oqshomida Derek Chisorani muddatidan avval mag‘lub etdi

Tayson Fyuri Londonda o‘tgan boks oqshomida Derek Chisorani muddatidan avval mag‘lub etdi

Baho:
+-1 | -
Bo'lim: SPORT / Sport turlari / Boks
Rukn: Yangiliklar

Londondagi «Tottenxem Xotspur» stadionida O‘zbekiston vaqti bilan 3 dekabrdan 4 dekabrga o‘tar kechasi professional boks oqshomi bo‘lib o‘tdi.

Boks kechasining markaziy jangi super og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri (33-0-1, 24 KO) va Derek Chisora (33-13, 23 KO) o‘rtasida kechdi.

Jangning dastlabki raundi teng kurash ostida kechdi. Keyingi raundlarda Fyuri raqibidan sezilarli darajada ustunlik qildi. Jangning 10-raundida Derekning passiv harakatlaridan keyin hakam jangni to‘xtatdi.

Shu tariqa Fyuri faoliyatidagi 33-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va kamarini muvaffaqiyatli himoya qildi.

Fyuri va Chisora bunga qadar 2 marta to‘qnash kelgan. 2011 yilda ochkolar evaziga Tayson g‘olib bo‘lgan, 2014 yildagi jangda esa Chisora 10-raunddan keyin jangni davom ettirishdan bosh tortgan va Tayson g‘alabaga erishgan.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 08:42, 04.12.2022.
O'qildi: 3252 marta.
Fikrlar: 7 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик