Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor 1-1 So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf 2-3 Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo 2-2 OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid
25/04 16:30 Fulhem - Aston Villa
25/04 17:00 Alaves - Malyorka
25/04 18:00 Parma - Piza
25/04 19:00 Liverpul - Kristal Pelas
25/04 19:00 Vest Xem - Everton
25/04 19:00 Vulverhempton - Tottenhem
25/04 19:15 Xetafe - Barselona
25/04 21:00 Bolonya - Roma
25/04 21:30 Arsenal - Nyukasl
25/04 21:30 Valensiya - Jirona
25/04 23:45 Verona - Lechche
26/04 00:00 Atletiko - Atletik Bilbao

«Andijon» klubi Superliganing yangi formati bo‘yicha taklif bildirdi

«Andijon» klubi Superliganing yangi formati bo‘yicha taklif bildirdi

Baho:
+ | -

Xabaringiz bor, yaqinda O‘zPFL yangi mavsum uchun o‘zgartirilayotgan format videoroligini omma e’tiboriga namoyish etdi.

Shundan kelib chiqib, O‘zPFL Superliga formatiga o‘zgartirish kiritish yuzasidan o‘z taklifini jamoatchilik muhokamasiga qo‘ydi.

Shu maqsadda, 29 noyabr kuni O‘zbekiston professional futbol ligasi barcha klublarga yangi format uchun fikrlarini bildirish yuzasidan xat yuborgan. Zero, Superliga ishtirokchilarining bu boradagi pozisiyalari muhim ahamiyat kasb etadi.

“Andijon” klubi esa O‘zPFLning mazkur xatiga javoban o‘zining taklifini quyidagicha bildirdi:

“Andijon” futbol klubi O‘zbekiston professional futbol ligasi yaqinda e’lon qilgan O‘zbekiston Superligasini o‘tkazish uchun ishlab chiqilgan yangi formatga roziligini bildiradi.

Biroq yangi formatning so‘nggi – pley-off bosqichiga "Andijon" FKning taklifi bor.

Pley-offning dastlabki ikki o‘yinidan birida Superliganing ikki klubi o‘zaro kuch sinashadilar. Taqdim etilgan loyihada ushbu o‘yinning mezboni Superligada 10-o‘rinni egallagan jamoa bo‘ladi, deyildi. Ammo, "Andijon" klubi rahbariyatining fikricha, buni ko‘rib chiqish kerak.

Agarda shu 10-o‘rinni egallagan jamoa 2-bosqichdagi 5 uchrashuvdan ko‘pini o‘z maydonida o‘tkazgan bo‘lsa (faqat shu holdagina!) va shunga qaramay, pley-offdan xalos etuvchi 7, 8 va 9-o‘rinlardan birini band eta olmagani uchun, mazkur jamoa dastlabki pley-off bahsini mehmonda o‘tkazgani adolatliroq bo‘lardi. Bu shunday holdagina bo‘lishi kerakki, agar 10-o‘rinni egallagan jamoaning pley-offdagi raqibi 2-bosqichda 5 bahsdan ko‘pini mehmonda o‘tkazgan bo‘lsa.

Agar 10-o‘rinni egallagan jamoada va uning dastlabki pley-offdagi raqibida ham 2-bosqichdagi uy/mehmon uchrashuvlari soni bir xil bo‘lsa, u holda pley-off bellashuvi mezbonini ko‘r-ko‘rona qur’a aniqlab bersin. Yoki ushbu o‘yin neytral maydonda tashkil etilsin”.

“Andijon” futbol klubi O‘zPFLning futbolimiz rivoji uchun amalga oshirayotgan sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

“Andijon” matbuot xizmati.

Manba: https://t.me/andijonpfc
Kiritildi: 10:11, 06.12.2022.
O'qildi: 3801 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик