Niderlandiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lui van Gal Braziliyaning jahon chempionatidagi o‘yiniga yuqori baho berdi.
Eslatib o‘tamiz, kecha «pentakampeonlar» Janubiy Koreyani 4:1 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi.
«Braziliya qarshi hujumlar jamoasidir. Niderlandiya OAVda braziliyaliklar juda ham maqtalmoqda. Janubiy Koreya juda ochiq o‘ynadi va buning uchun jazolandi», - deydi van Gal NOS nashriga.