Kirish Ro'yxatdan o'tish
23/05 21:00 Bolonya 3-3 Inter
23/05 23:45 Lasio 2-1 Piza
24/05 00:00 Betis 2-1 Levante
24/05 00:00 Jirona 1-1 Elche
24/05 00:00 Xetafe 1-0 Osasuna
24/05 00:00 Malyorka 3-0 Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid 4-2 Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya 3-1 Barselona
24/05 00:00 Alaves 1-2 Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta 1-0 Sevilya
24/05 00:00 Espanyol 1-1 Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

Superkompyuter chorak final ishtirokchilarning jahon chempionatida g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi

Superkompyuter chorak final ishtirokchilarning jahon chempionatida g‘alaba qozonish imkoniyatlarini baholadi

Baho:
+ | -

6 dekabr kuni Qatarda bo‘lib o‘tayotgan jahon chempionatining 1/8 final bosqichi o‘yinlari yakunlandi va Five Thirty Eight superkompyuteri jahon chempionati uchun kurashda jamoalarning imkoniyatlarini baholashda davom etadi. Eslatib o‘tamiz, kompyuter jamoalarning hujum va himoyadagi kuchini aks ettiruvchi Soccer Power Index deb ataladigan ko‘rsatkichga asoslanadi. Jahon chempionatining chorak finaliga sakkizta jamoa chiqdi: Niderlandiya, Argentina, Fransiya, Angliya, Xorvatiya, Braziliya, Marokash va Portugaliya. Superkompyuterga ko‘ra, g‘alabaga asosiy da’vogarlar braziliyaliklardir.

1. Braziliya – 33%

1/8 finalda pentakampeonlar Janubiy Koreya terma jamoasini 4:1 hisobida mag‘lub etishdi. Guruh bosqichida braziliyaliklar olti ochko jamg‘arishdi: ular Serbiya (2:0) va Shveysariyani (1:0) mag‘lub etishdi, so‘nggi turda Kamerunga (0:1) imkoniyatni boy berishdi.

2-3. Portugaliya - 14%

Pley-offning birinchi o‘yinida asosiy tarkibda Krishtianu Ronaldusiz Portugaliya terma jamoasi Shveysariyani yanchib tashladi - 6:1. Guruh bosqichini pireneyliklar ikkita g‘alaba bilan boshladilar - Gana (3:2) va Urugvay (2:0), shundan so‘ng muddatidan avval 1/8 final yo‘llanmasini qo‘lga kiritib, Janubiy Koreya termasiga imkoniyatni boy berishdi. (1:2).

2-3. Angliya - 14%

Futbol yurti vakillari Senegalni 3:0 hisobida mag‘lub etib, 1/8da hech qanday muammoga duch kelishmadi. Guruhda ham raqiblaridan yaqqol kuchliroq bo‘lib, to‘qqizta imkoniyatdan yetti ochko jamg‘argan.

4. Argentina – 13%

Pley-offning birinchi o‘yinida Lionel Skaloni shogirdlari Avstraliya termasidan kuchliroq edi – 2:1. Argentina turnirni Saudiya Arabistonidan sensasion mag‘lubiyat (1:2) bilan boshlagan bo‘lsa, keyinchalik guruhdagi qolgan o‘yinlarda - Meksika va Polsha ustidan bir xil 2:0 hisobida zafar quchdi.

5. Fransiya – 12%

1/8 finalda amaldagi jahon chempionlari polshaliklarni ishonchli tarzda mag‘lub etishdi (3:1). Fransiya guruhdan muddatidan avval chiqdi. Dastlabki ikki o‘yinda Didye Desham Avstraliya va Daniyani mag‘lub etdi (4:1 va 2:1), shundan so‘ng Tunisga imkoniyatni boy berdi (0:1).

6. Niderlandiya – 7%

Pley-offning ilk o‘yinida “apelsinlar” AQSH termasini mag‘lub etishdi (3:1). Ular turnirni Senegalni mag‘lub etish (2:0) bilan boshlagan bo‘lsa, shundan so‘ng Ekvador bilan durang o‘ynadi (1:1), Qatarni mag‘lub etdi (2:0).

7. Xorvatiya – 4%

1/8 finalda xorvatlar Yaponiya terma jamoasini penaltilar seriyasida mag‘lub etishdi (1:1, 3:1 pen.). Guruhda jahonning amaldagi vise-chempionlari faqat bitta o‘yinda, aniqrog‘i, 2-turda Kanadaga qarshi o‘yinda (4:1) g‘alaba qozonishgan. Bundan tashqari, ikkita golsiz durang qayd etildi - Marokash va Belgiya bilan.

8. Marokash – 3%

Afrika termasi pley-offning birinchi o‘yinida ispanlarni sensasion tarzda mag‘lub etdi - asosiy va qo‘shimcha vaqtlarda 0:0, penaltilar seriyasida 3:0. Marokashliklar turnirni Xorvatiya termasi bilan 0:0 hisobida boshlashdi, shundan so‘ng Belgiya (2:0) va Kanadani (2:1) mag‘lub etishdi.

Qatar-2022 jahon chempionati chorak final taqvimi

9 dekabr

20:00. Xorvatiya - Braziliya
00:00. Niderlandiya - Argentina.

10 dekabr

20:00. Marokash - Portugaliya
00:00. Angliya - Fransiya.

Kiritildi: 10:00, 07.12.2022.
O'qildi: 12823 marta.
Fikrlar: 19 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик