Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Mushukdek g‘oyib bo‘lib, sherdek qaytgan iqtidor

Mushukdek g‘oyib bo‘lib, sherdek qaytgan iqtidor

Baho:
+ | -

Qatarda davom etayotgan JCH-2022da amaldagi jahon chempionlari - Fransiya terma jamoasining yulduzlari safidan «Monako» yarim himoyachsi Yussuf Fofanaga ham joy berildi

 Nisbatan qisqa faoliyati davomida bu futbolchi o‘ta hayratlanarli yo‘lni bosib o‘tdi.


Akademiyani tark etgach, bir necha oy pissa tashuvchi kuryer bo‘lib ishladi

13dan 15 yoshga qadar Yussuf Klerfonten futbol akademiyasida tahsil olgandi. Bu dargohda Fofana «Marsel» vakili Amin Arit va «Bayer» o‘yinchisi Mussa Diabi bilan yonma-yon tahsil olgan, Didye Drogbani o‘z «kumiri» sifatida hurmat qilardi. Fofana ko‘pchilik nazdida yuksak iqtidor sohibi hisoblansada, amalda sezilarli taraqqiyotga erisha olmadi. «Ochig‘ini aytganda, men kun sayin oddiy o‘yinchiga aylanib qolayotgandim», - degandi futbolchi L~Equipe nashriga bergan intervyularidan birida.

2014 yilda Fofana Klerfontenni tark etib, pul ishlash maqsadida ish qidira boshladi: «O‘shanda men durustroq haq to‘laydigan ish topishga urinib ko‘rgandim. Hozir buni tasavvur qilish oson emas. Ammo men bir necha oy davomida pissa tashuvchi kuryer maqomida ishlaganman. Bu bir oz kulgili yumush bo‘lsada, o‘sha davrni mamnuniyat bilan xotirlayman. U menga o‘zimni ko‘pchilik qatori oddiy insondek his etishimga yordam beradi».


Futboldan voz  kechmoqchi bo‘lganida, «Strasbur»dan taklif oldi

Ish bilan shug‘ullanishiga qaramasdan, Yussuf futbolni unutib yubormadi: parallel ravishda havaskor jamoalar o‘rtasidagi Fransiya chempionatida «Dransi» jamoasi tarkibida to‘p surdi. 2017 yilda yarim himoyachi futbolda risoladagidek natijalarga erisha olishidan umidini uzib, bilim olishga qaror qildi.

Lekin ayni o‘sha pallada Fofana «Strasbur»dan taklif oldi: «Bakalavriatga o‘qishga kirishimga yarim yil qolganida, o‘zimga o‘zim futboldan voz kechishga va butun e’tiborimni bilim olishga qaratishga va’da bergandim. Ayni o‘sha kunlarda «Dransi»dagi o‘yinlarimni «Strasbur» skautlari kuzatib yurishgan ekan. 2017 yilning fevralida shartnomaga imzo chekdim».

O‘z faoliyatini yoshlar jamoasi tarkibida boshlagan yarim himoyachi 2018G‘19 yillar mavsumida «Strasbur»ning asosiy tarkibidan joy oldi. Oradan bir yil o‘tgach, Yussuf «Monako»ga o‘tdi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri boshlang‘ich tarkib o‘yinchisiga aylandi.

Terma jamoa masalasida Fofana 3ta terma jamoadan birini tanlash imkoniyatiga ega edi: Fransiya, Mali (ota-onasining vatani) va Kot d~Ivuar (avlodlarining vatani). Futbolchi birinchi variantni tanladi. Bunga qadar Fofana 19, 20 va 21 yoshgacha bo‘lgan jamoalarda 11 marta maydonga tushgandi. Fransiya milliy terma jamoa­si safida Yevropa Millatlar Ligasi doirasida Avstriya va Daniya terma jamoalari bilan bo‘lgan o‘yinlarda maydonga tushdi.


Qatar mundialiga  borishi xususidagi  xushxabarni eshitdi

«Chorlovdan xabardor bo‘lganimda, o‘zimga o‘zim shunday dedim: «10 yillik ayriliqdan keyin Klerfontenga qaytyapman (Fransiya terma jamoasining bazasi shu yerda joylashgan). Lekin avval bu dargohni «qora» eshik orqali tark etgan bo‘lsam, endi mag‘rur qadamlar bilan asosiy darvoza orqali kirib boraman. Bu juda yoqimli! O‘smirlik davrimdagi murabbiylarim meni ko‘rganlarida, mamnun ekanliklarini yashirmadilar. Ular menga shunday deyishdi: «Senga katta rahmat, biz xatoga yo‘l qo‘yganimizni isbotlading».


Fofanada mundialda ham maydonga tushdi

Yussuf «Monako»da Tchuameni bilan juftlikda to‘p surish orqali e’tibor qozondi: ular ikkovlon maydon markazini egalladilar, Fofana tezkor reydlar va ba’zan o‘ta qaltis uzatmalari bilan, Orelyen esa ko‘proq orqa chiziqdagi ishonchli harakatlari bilan tanildi. Lekin ular o‘rtasida «himoyalanuvchi o‘yinchi - hujumkor o‘yinchi» kabi ajratishlar mavjud emas, vaqti-vaqti bilan almashib turishlari, ba’zan birgalikda pressing qo‘llashlari, zarur pallada o‘z jarima maydonchalariga qaytishlari ham mumkin. Fofananing asosiy ustunligi - Tchuameni bilan o‘ta samarali harakat qila olishi. Lekin joriy mundialda Didye Desham juda yaxshi sport formasida bo‘lib turgan Adriyen Rabyoga ishonch bildirmoqda.

Shunday bo‘lsada, Yussuf Qatar maydonlarida davom etayotgan mundial guruh bosqichining  dastlab, 1-turida Avstraliya bilan bahsda 77-daqiqada aynan Tchuameni o‘rniga, 2-turda esa Daniya bilan bahsning 90}3-daqiqasida Grizmann o‘rniga maydonga tushdi.

S.RAHMONOV tayyorladi

Manba: «Интерфутбол» газетаси
Kiritildi: 13:18, 08.12.2022.
O'qildi: 4990 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.