Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/09 00:30 Elche 2-3 Real Madrid
16/09 15:00 Chonbuk Motors 2-1 Kashiva Reysol
16/09 15:00 Seul 0-1 Persib
16/09 17:15 Port 1-2 Vissel Kobe
16/09 17:15 Kong-Vittel 1-1 Melburn Viktori
16/09 21:00 Xolidiya 0-0 Nasaf
16/09 21:00 Al-Vahda 3-2 Kuvayt SK
16/09 21:00 An-Nahda 1-1 At-Ta'vun
16/09 21:00 Al-Hussayn 2-2 Ist Bengal
16/09 22:00 Atletiko 4-0 Osasuna
16/09 22:00 Deportivo 0-1 Sevilya
16/09 23:15 Ar-Rayyan - Al-Faysaliy
16/09 23:15 Ash-Shorta - As-Siyb

Angliyaning Fransiyaga qarshi tayyorlab qo‘ygan "syurprizi" bor. Garet Sautgeyt qaysi variantni tanlaydi?

Angliyaning Fransiyaga qarshi tayyorlab qo‘ygan "syurprizi" bor. Garet Sautgeyt qaysi variantni tanlaydi?

Baho:
+ | -

Angliya terma jamoasi Jahon chempionatining chorak finalida, ehtimol, eng katta sinovga duch kelmoqda. Negaki, "uch sherlar" hozirga qadar nisbatan oson raqiblar bilan to‘qnash kelgandi. Ammo jamoada bir qator yo‘qotishlar mavjud. Shular ichida eng kattasi yarim himoyachi Deklan Raysning yo‘qligidir. Uning o‘rnini "Manchester Siti" futbolchisi Kalvin Fillips egallashi kutilmoqda. Quyida Angliyaning ehtimoliy asosiy tarkibini taxmin qilib ko‘ramiz.

4-3-3

Himoyada Kayl Uoker Kilian Mbappeni qo‘riqlashi ko‘zda tutilgan. Unga bu ishda Jon Stounz, Xarri Maguayr va Lyuk Shou yordam beradi. Bu to‘rt himoyachi Jordan Pikford qo‘riqlaydigan darvozani mudofaa qiladi. Rays o‘rnini Fillips egallaydi. U bilan yarim himoyada Xenderson va Bellingem harakat qiladi. Qanot hujumi Fil Foden va Bukayo Sakadan tashkil topadi. Ular mos ravishda chap va o‘ng qanotda o‘ynaydi. Markaziy hujumda Xarri Keyn yo‘l boshlaydi. Mbappeni to‘xtatishda Saka ham jonbozlik ko‘rsatishi aytilgan.

4-2-3-1

Sautgeytda tarkibni nisbatan himoyaviy qilib tuzish varianti ham mavjud. Mudofaa shunday qoladi. Xususan, Fillipsning himoyadagi qobiliyati uni asosiy tarkibda tushishiga imkon beradi. Shu sabab, u Bellingem bilan tayanch yarim himoyasini tashkil qilib berishadi. Bunday yarim himoya Bellingemni hujumga ko‘proq yordam berishiga imkon beradi. Qanotlarda Reshford va Saka o‘ynaydi. Foden markazda joylashadi. Hujumda esa doimgidek Xarri Keyn.

3-4-3

Sautgeytning eng ishongan bu taktikasi aynan Fransiyaga qarshi qo‘llanishi mumkin, albatta. Ha, Angliya Qatardagi turnirda, asosan, to‘rtta himoyachidan iborat mudofaani tashkil qilgandi. Ammo bu safar boshqacha bo‘lishi mumkin. Bunda Uoker, Stounz va Maguayr bilan uchtalik himoyaga olib o‘tiladi. Uoker Trippyer bilan Mbappeni to‘xtatishga harakat qiladi. Fillips yana yarim himoyaning o‘ng tomoniga tashlanadi. U va Bellingem markazda, boshqa qanotdan esa Shou joy oladi. Hujum doimgidek Saka, Foden va Keyndan tashkil topadi.

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 11:22, 09.12.2022.
O'qildi: 2354 marta.
Fikrlar: 1 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик