Xorvatiya terma jamoasi yarim himoyachisi Luka Modrich "Real"dagi jamoadoshi Rodrigoni qo‘llab-quvvatladi.
Penaltilar seriyasida Xorvatiya Braziliyadan ustun keldi (4:2), Rodrigo esa penaltidan zarbani anik amalga oshira olmagan ikki braziliyalik futbolchidan biriga aylandi.
"Ishonchim komilki, bu uni yanada kuchliroq bo‘ladi", - dedi ketma-ket ikkinchi marta jahon chempionatining yarim finaliga chiqqan Modrich. "Hech qanday fojia yasamang. Biz hammamiz ba’zida xatoga yo‘l qo‘yamiz", - deya 37 yoshli yarim himoyachi.
Yarim finalda Xorvatiya terma jamoasi ayni damda bo‘lib o‘tayotgan Argentina - Niderlandiya uchrashuvi g‘olibi bilan o‘ynaydi.