Xorvatiya terma jamoasi hujumchisi Bruno Petkovich JCH-2022 1/4 finalida Braziliya termasini mag‘lub etganidan so‘ng jurnalistlar bilan suhbatlashdi.
"Golni qanday urganimni eslolmayman. Tuyg‘ularimni tasvirlashga so‘z topa olmayapman. Bu mening faoliyatimdagi eng qimmatli gol", - dedi futbolchi Index bilan suhbatda.
G‘alaba evaziga Xorvatiya terma jamoasi Qatarda o‘tayotgan jahon chempionatining yarim final bosqichining ilk ishtirokchisiga aylandi. Zlatko Dalich shogirdlari jahon chempionatining yarim finalida Niderlandiya - Argentina juftligi g‘olibi bilan o‘ynaydi.