Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Messi emas! Martines — millat qahramoni!

Messi emas! Martines — millat qahramoni!

Baho:
+ | -

Kambag‘al oiladan chiqqan darvozabon - Argentina milliy qahramoni!

Argentina terma jamoasi bu — Messi. Bunday gap-so‘zlar 5-10 yil davomida yangrab keldi. 2022 yilgi jahon chempionatida ham shunday bo‘lmoqda. Niderlandiya bilan o‘yinda esa kamtarona “Aston Villa” vakili bo‘lgan darvozabon Emiliano Martines jamoa joniga oro kirdi. Penaltidan ikki marta jamoasini qutqargandan so‘ng milliy qahramonga aylandi. Ammo Emilianoning faoliyati tarixi bilan tanishganingizda, unga nisbatan hamdardlik hissi yanada kuchayadi.

Uch yarim yil avval Martines "Arsenal"da chuqur zahiradagi futbolchi edi, garchi u 2010 yildan beri London klubi tarkibida bo‘lgan bo‘lsa-da. Arsen Venger uni "Independente"da payqagan. London klubida Emiliano unchalik qadrlanmadi - u ijarada yurdi va 2018/2019 yilgi mavsumni Chempionshipda o‘ynagan "Reding"da o‘tkazdi.

Emiliano Martines: "Independente"da o‘ynaganimda oyiga ikki marta oilamni ko‘rganman. Qolgan vaqtimda klub akademiyasida yashadim – u yerda meni ovqatlantirishdi, kiyintirishdi. Bu yanada tejamkor edi. Otam yig‘lagani esimda – uning to‘lovga puli yo‘q edi. Bu meni tushkunlikka soldi. Men buni tuzatmoqchi edim va futbol mening yagona imkoniyatim edi”.

Venger bilan suhbatdan ko‘p o‘tmay, 18 yoshli darvozabon onasiga: “Men Angliyaga ketyapman. Men oilamga yordam bermoqchiman”, dedi va Londonga uchib ketdi.

Ammo Martinesning klubdagi qiyinchiliklarida "Arsenal" murabbiylarini ayblab bo‘lmaydi. Tushunish uchun: yosh argentinalik o‘shanda Almuniya, Shesniy, Fabianskiy va Mannone bilan raqobatlashishi kerak edi. Hatto Fabianski va Shesniy jarohat olganda ham (2010/2011 yilgi mavsumning ikkinchi yarmida) "Arsenal" iste’fodagi Yens Lemanni tarkibga qaytarib oldi. Martines esa yoshlar jamoasida o‘ynagan.

Argentinalik futbolchi 2012-yilda “Arsenal” safidagi ilk o‘yinini o‘tkazgan. Va bu afsonaviy o‘yin edi. Uchrashuv “Reding”ga qarshi kechgan va 7:5 hisobida “Arsenal” foydasiga hal bo‘lgan
Emilianoning debyuti unchalik yordam bermadi - klub tajribali darvozabonlarga tayanishda davom etdi: Chex, Ospina va Leno. Martines “Roterxem”, “Vulverxempton”, “Xetafe” va “Reding”da o‘ynagan ...

Vaziyat 2019/2020-yilgi mavsum yakunida, “Arsenal”ning asosiy darvozaboni Bernd Leno jarohat olganida o‘zgardi. Arteta jamoa Angliya kubogini olib borgan Martinesga ishondi. Bundan tashqari, Emiliano Premyer-liga mavsumi yakunida "Arsenal"ning eng yaxshi futbolchilaridan biriga aylandi. To‘qqizta o‘yinda argentinalik futbolchi 33 ta seyv amalga oshirdi.

27 yoshli darvozabonga bir zumda Premyer-liga klublarida qiziqish uyg‘ondi. Ammo argentinalik Artetadan tarkibdagi o‘rin haqida kafolat olishni xohladi. Biroq, murabbiy katta ehtimol bilan Leno birinchi raqam bo‘lib qolishini aytdi. Ko‘p o‘tmay, Martines "Arsenal"dan ketishini e’lon qildi va 17,4 million yevro evaziga “Aston Villa”ga ko‘chib o‘tdi.

O‘shanda tanlov g‘alati tuyuldi: “Villa” 2019/2020 yilgi mavsumda chempionat chiqib ketishiga bir bahya qolgan edi. Ammo, jamoaning yangi mavsumdagi o‘rtacha o‘yiniga qaramay, Martines o‘z darajasini ko‘rsatdi: muvaffaqiyatli seyvlar foizi bo‘yicha u faqat Edersonga yutqazdi va ikkinchi bo‘ldi. Quruq o‘yinlar soni 14ta.

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Amerika kubogi - 2021 uchun asosiy darvozabonni tanlashda shubha qilmadi. Martines buni super darajada o‘tkazdi. Martines Kolumbiyaga qarshi o‘zining yorqin zarbasidan tashqari, Braziliyaga qarshi finalda bir nechta muhim seyvlarni amalga oshirdi.

Kolumbiya bilan yarim final o‘yinini alohida aytib o‘tish kerak, chunki Martinesning o‘yindan keyingi 11 metrli zarbalar paytida raqiblari bilan bo‘lgan psixologik jangi butun turnirning asosiy lahzalaridan biridir. “Men asabiylashayotganingizni bilaman. Ko‘zlarimga qarang. Men seni yeyman, qayerga tepishingni bilaman”, - bu so‘zlardan so‘ng Martines xotirjamlik bilan Yerri Minaning zarbasini qaytardi va Argentinani finalga olib chiqdi.

Albatta, Martines turnirning eng yaxshi darvozaboni sifatida tan olindi. Va, albatta, u endi “Villa”ning yuragidagi o‘rnini yo‘qotmadi. Niderlandiya bilan chorak final uchrashuvidagi mana shunday g‘alabadan keyin esa Unai Emeri jamoasida qolmaydigandek ko‘rinadi. Emiliano Chempionlar ligasida o‘ynashga loyiq!

Kiritildi: 11:30, 10.12.2022.
O'qildi: 11199 marta.
Fikrlar: 30 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.