Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/06 01:00 Niderlandiya 2-2 Yaponiya
15/06 04:00 Kot-d'Ivuar 1-0 Ekvador
15/06 07:00 Shvesiya 5-1 Tunis
15/06 21:00 Ispaniya 0-0 Kabo-Verde
15/06 23:59 Belgiya 1-1 Misr
16/06 03:00 Saudiya Arabistoni - Urugvay
16/06 06:00 Eron - Yangi Zelandiya
16/06 23:59 Fransiya - Senegal
17/06 03:00 Iroq - Norvegiya
17/06 06:00 Argentina - Jazoir
17/06 09:00 Avstriya - Iordaniya
17/06 22:00 Portugaliya - Kongo DR

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Menga g‘azabnok va telbalarcha gol nishonlayotgan Messi yoqimli»

Xayrulla Hamidov maqolasi: «Menga g‘azabnok va telbalarcha gol nishonlayotgan Messi yoqimli»

Baho:
+ | -

Bir uxlab turib internetga kirsam, hammayoq Messining o‘yin payti emosiyalari, o‘yindan keyingi reaksiyalariga to‘lib ketibdi. Aksar odam Leoga bu ishlar yarashmaganini yozishibdi. Uyat, uyat, deb…

Qo‘yinglare, shu bola birinchi marta Argentina libosida MENi bilan, O‘ZI bo‘lib o‘ynamoqda. Insonlar kabi shod bo‘lyapti, jahli chiqyapti, ichida qolib ketgan tuyg‘ularini chiqarib tashlayapti. Doimiy ko‘rib yurganimiz - “aqlli bola” rejimidan chiqib aslini ko‘rsatmoqda, muhimi, hissiyotlarida aldamayapti…

Menga shu Leo ma’qulroq, piar kompaniyasidan sochini qay tarafga tarashni so‘raydigan, intervyuga ikki kunlab matnni yodlab chiqadigan soxta Leo emas, gohida o‘ta g‘azabnok, gohida telbalarcha gol nishonlayotgan tabiiy yigit yoqimli. Chunki u hech kimni aldamayapti. Aybli ish qilayotganda ham o‘zini ommadan yashirmayapti. Inson bolasi ekanini ko‘rsatmoqda.

Yaxshilab o‘ylab qarasak, bu Leo nafaqat bizga, balkim o‘ziga ham juda zarur. Chunki mundialni shu rostlik bilan, shu jinnilik bilan yengish mumkin. Diyego xarakterini o‘ziga jo qilibgina kubokni boshi uzra ko‘tarishi mumkin. Aks holda, “odobli” bo‘lib Oltin to‘plarni qalashtirib yursa ham orziqib kutilgan sovrini yonidan o‘tib ketaveradi.

Xayrulla Hamidov.

Manba: https://t.me/xayrulla_hamidov
Kiritildi: 17:55, 10.12.2022.
O'qildi: 5972 marta.
Fikrlar: 52 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик