Kirish Ro'yxatdan o'tish
30/01 11:00 Saudiya Arabistoni 0-2 Eron
30/01 13:00 Avstraliya 2-4 O‘zbekiston
30/01 15:00 Malayziya 0-7 Afg‘oniston
30/01 17:00 Tojikiston 0-3 Yaponiya
31/01 00:45 Lasio 3-2 Jenoa
31/01 01:00 Espanyol 1-2 Alaves
31/01 13:00 Tailand - Vyetnam
31/01 13:00 Kuvayt - Livan
31/01 17:00 Indoneziya - Iroq
31/01 17:00 Qirg‘iziston - Janubiy Koreya
31/01 18:00 Real Ovyedo - Jirona
31/01 19:00 Piza - Sassuolo
31/01 20:00 Lids - Arsenal
31/01 20:00 Vulverhempton - Bornmut
31/01 20:00 Brayton - Everton
31/01 20:15 Osasuna - Vilyarreal
31/01 22:00 Napoli - Fiorentina
31/01 22:30 Levante - Atletiko
31/01 22:30 Chelsi - Vest Xem
01/02 00:45 Kalyari - Verona
01/02 01:00 Elche - Barselona
01/02 01:00 Liverpul - Nyukasl
01/02 13:00 Yaponiya - O‘zbekiston
01/02 13:00 Tojikiston - Avstraliya
01/02 17:00 Eron - Afg‘oniston
01/02 17:00 Saudiya Arabistoni - Malayziya

Angliya ustozining niyati jiddiy: u shogirdlarini Jahon chempioni qilmoqchi

Angliya ustozining niyati jiddiy: u shogirdlarini Jahon chempioni qilmoqchi

Baho:
+ | -

Angliya bugun tunda Fransiyaga qarshi maydonga chiqadi. Ko‘pchilik tomonidan "finaldan oldingi final" deya e’tirof etilayotgan ushbu bahs, bizga katta taassurotlarni hadya etadi degan umiddamiz.
Angliya termasi ustozi Garet Sautgeyt o‘yindan oldin matbuot anjumanida ishtirok etdi. Unga 18 dekabrda bosh sovrinni qo‘lga kiritsangiz nima qilgan bo‘lardingiz degan savol berildi. Shunda ingliz mutaxassisi shunday deydi:

"Oh, bilasizmi bu boshqacha bo‘lgan bo‘lardi. O‘ta xursand bo‘laman, hamma kabi. Ammo oldidan biror nima deyish qiyin. Bilasiz, oldimizda amaldagi chempionlar turibdi".
Angliya yarim finalga chiqishi va Rossiyadagi natijasiga erishishi uchun, avvalo fransuzlar to‘sig‘idan o‘tib olishi kerak bo‘ladi. Sautgeyt esa o‘z jamoasiga Fransiyaning super tarkibini yutishda katta ishonch bildirdi. Uning fikricha, hozirgi Angliya bundan to‘rt yil oldingisiga o‘xshamaydi:

"Bo‘lajak o‘yindagi men uchun eng muhim narsa bu futbolchilarning ruhiy va aqliy salohiyatini ushlab turish bo‘ladi. Albatta, biz taktik jihatdan yaxshi tayyorgarlik ko‘rdik. Ammo haqiqiy o‘yinning katta bosimi bo‘ladi va men bu bosimga futbolchilarimning turib bera olishini ta’minlashim lozim. Mana shu narsani butun dunyoga isbotlay olishimiz kerak. Futbolchilarning kayfiyati a’lo darajada. Futbolda oldingizdagi o‘yin doimo muhim bo‘ladi. Agarda bundan to‘rt yil oldin mendan finalga, Fransiya kabi jamoaga qarshi kurashishga tayyormisiz deb so‘raganingizda, ehtimol, o‘ylanib qolardim. Hozir esa unday emas. Men bugun ishonch bilan bu savolga HA deb javob berman. Chunki bizda yaxshi natijalar bor va bu isbotdir".

Jamoa sardori Xarri Keyn Angliyaga ishonishini va Fransiyani mag‘lub qila olishni aytdi: "2018 yilda yarim final biz uchun katta marra bo‘lgan. Finalga chiqishni o‘ylamaganmiz ham. Hozir esa biz kuchliroq bo‘lib qaytdik. Yevropa chempionatida penaltilar sabab imkoniyatni boy berdik. Bugungi o‘yinga 2018 yilga qaraganda kuchliroq ishonch bilan keldik. Biz Fransiyaga qarshi o‘yinni chorak final deb bilmaymiz. Biz buni kubokkacha tashlanadigan bir qadam sifatida qabul qilamiz".

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 19:46, 10.12.2022.
O'qildi: 1878 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.