Kirish Ro'yxatdan o'tish
18/09 00:30 Malaga 1-3 Vilyarreal
18/09 11:30 Filippin 0-2 Vyetnam
18/09 15:00 O‘zbekiston 2-0 Kuvayt
18/09 15:30 Saudiya Arabistoni 2-0 Qatar
18/09 23:45 Monsa 2-1 Sassuolo
19/09 00:00 Espanyol 1-3 Elche
19/09 00:00 Brentford 3-0 Chelsi
19/09 16:30 Tottenhem 2-3 Aston Villa
19/09 17:00 Osasuna 1-1 Rayo Valyekano
19/09 18:00 Mash’al 0-2 Paxtakor
19/09 18:00 Bolonya - Torino
19/09 18:00 Udineze - Kalyari
19/09 19:00 Brayton - Arsenal
19/09 19:00 Everton - Ipsvich
19/09 19:00 Nyukasl - Xall Siti
19/09 19:15 Atletik Bilbao - Alaves
19/09 20:15 Bunyodkor - Buxoro
19/09 21:00 Roma - Inter
19/09 21:30 Selta - Rasing
19/09 21:30 Nottingem Forest - Koventri Siti
19/09 23:45 Venetsiya - Lasio
20/09 00:00 Sevilya - Barselona
20/09 10:00 Eron - Xitoy
20/09 12:00 Gonkong - Tailand
20/09 15:00 KXDR - BAA
20/09 15:30 Fiorentina - Napoli
20/09 15:30 Yaponiya - Qirg‘iziston
20/09 17:00 Xetafe - Malaga
20/09 17:15 Andijon - Nasaf
20/09 18:00 Surxon - Qo‘qon-1912
20/09 18:00 Frozinone - Komo
20/09 18:00 Parma - Jenoa
20/09 18:00 Bornmut - Liverpul
20/09 18:00 Lids - Kristal Pelas
20/09 18:00 Manchester Siti - Sanderlend
20/09 19:00 So‘g‘diyona - OKMK
20/09 19:15 Atletiko - Real Madrid
20/09 19:30 Lokomotiv - Neftchi
20/09 20:30 Fulhem - Man. Yunayted
20/09 21:00 Yuventus - Atalanta
20/09 21:30 Deportivo - Betis
20/09 21:30 Vilyarreal - Levante
20/09 23:45 Milan - Lechche
21/09 00:00 Valensiya - Real Sosyedad

Ronalduning Jahon chempionatlardagi yo‘li

Ronalduning Jahon chempionatlardagi yo‘li

Baho:
+ | -1

Agar Krishtianu Ronalduga jahon chempionatlaridagi so‘nggi o‘yinida Marokash terma jamoasiga yutqazib qo‘yishi va final hushtagi yangraganidan keyin yig‘lashi aytilganida, u ishonmasdi. Xo‘sh, hech kim bunga ishonmagan bo‘lardi. Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionati oldidan hamma 37 yoshli portugaliyalikda jahon chempionatiga chiqish uchun so‘nggi imkoniyat borligini hamma tushunib yetgandi. Portugaliya, an’anaga ko‘ra, favorit hisoblangan jamoaga yutqazib qo‘yganida buni hamma oddiy qabul qilar edi. Ammo Marokash... Keling Krishtianuning barcha jahon chempionatlardagi ishtirokini yodga olamiz.

Jahon chempionati 2006. Boshlash

2006 yilda Germaniyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida o‘sha paytda 21 yoshli Ronaldu allaqachon asosiy tarkibda maydonga tushar edi. Krishtianu u chempionatda jamoa yetakchisi emas edi. Portugaliya terma jamoasi Angola, Eron va Meksika bilan guruhdan ishonchli tarzda o‘tib, uchta o‘yinda ham g‘alaba qozongan bo‘lsa, qahramonimiz ikkinchi uchrashuvda gol urib, uchinchi uchrashuvda dam oldi.

1/8 finalda Niderlandiya bilan kechgan eng qiyin jangda Ronaldu jarohat olib, almashtirildi. Biroq portugallar oldinga keying bosqichga chiqishga muvaffaq bo‘lishdi (1:0). Krishtianu Angliya bilan keskin chorak finalda o‘ynadi va o‘yindan keyingi hal qiluvchi penaltini golga aylantirdi. Portugaliya g‘alaba qozondi (0:0, 3:1 pen.), lekin yarim finalda Fransiyaga (0:1), keyin uchinchi o‘rin uchun o‘yinda Germaniyaga (1:3) mag‘lub bo‘ldi. Ronaldu bu uchrashuvlarda to‘liq o‘ynadi, ammo samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.

Jahon chempionati 2010. Zerikarli jamoaning — zerikarli sardori

Janubiy Afrikadagi turnirda Ronalduning yetakchiligi shubha ostida qolmagan Portugaliya terma jamoasi Braziliya, Kot-d’Ivuar va Shimoliy Koreya bilan qiziqarli guruhdan joy oldi. Biroq 25 yoshli Krishtianu koreyslarga qarshi kechgan (7:0) o‘yindagina o‘zini ko‘rsata oldi, gol urdi va golli uzatma berdi. Guruhdagi yana ikkita uchrashuv juda zerikarli yakunlandi.(0:0)

Ronalduning pley-off yo‘li tezda tugadi. Portugaliya Ispaniyaga raqiblik qildi va bo‘lajak chempionga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Bunday turnirdan keyin Krishtianu shafqatsiz tanqidlarga uchraganini taxmin qilish qiyin emas.

Jahon chempionati 2014. Muvaffaqiyatsizlik

Ronaldu 2014-yilda Braziliyada bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida tiklanishi kerak edi, ammo muvaffaqiyatsizlik avvalgidan ham battarroq bo‘ldi. Portugaliya Germaniya, AQSH va Gana bilan guruhdan joy oldi va keying bosqichga chiqmadi, amerikaliklarga yutqazdi - ammo faqat to‘plar nisbati bo‘yicha. Qanday bo‘lmasin, Krishtianu afrikaliklar darvozasiga urilgan gol va AQSH bilan o‘yinda golli uzatmaga qaramay, yana tanqidlarga uchradi.

Jahon chempionati 2018. Ronaldu uchun eng yaxshisi

Yulduzli Rossiyadagi turnirga 33 yoshida kelgan. Biroq, u yaxshi portugal sharobi kabi, Yoshi o‘tgan sari faqat kuchayib bordi. Ronaldu Ispaniya bilan o‘yinda va xet-trik qayd etdi, Marokash bilan o‘yinda ham yagona golni urdi.

1/8 finalda Urugvayga yutqazib qo‘ydi. Hamma tanqidlar kelib yana Ronalduning boshida sindi.

Jahon chempionati 2022. Asosiy o‘yinchimi yoki zaxirachi?

37 yoshli Ronaldu guruhdagi barcha uchrashuvlarni asosiy tarkibda boshlagan. Lekin har safar Portugaliya terma jamoasi ustozi Fernandu Santush uni o‘zgartirgan. Gana bilan 1-turda gol urgan Krishtianu g‘azabda edi va mish-mishlarga ko‘ra, terma jamoani tark etish bilan tahdid qilgan...

Qanday bo‘lmasin, Ronaldu jamoada qoldi. Ammo pley-offda u zaxirada edi. Shveysariya bilan 1/8 finalning ikkinchi bo‘limi oxirida maydonga tushgan portugaliyaliklar aslida usiz raqibni mag‘lub etishdi (6:1). Chorak finalda esa shov-shuvli Marokash jamoasiga duch kelishdi. Ikkinchi bo‘limda maydonga tushgan Krishtianu ham golli uzatma ham gol kiritishi mumkin edi, ammo...

Uning davri tugadi. 41 yoshda Jahon chempionatlarida
o‘ynamaydilar.

Kiritildi: 13:00, 11.12.2022.
O'qildi: 6269 marta.
Fikrlar: 36 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик