Kirish Ro'yxatdan o'tish
24/12 00:45 Inter 2-0 Komo
26/12 17:30 Manchester Siti - Everton
26/12 20:00 Bornmut - Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi - Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl - Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest - Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton - Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted

Van Galning egosi unga to‘siq bo‘lishi mumkin

Van Galning egosi unga to‘siq bo‘lishi mumkin

Baho:
+ | -

«Men 71 yoshdaman va xudoga o‘xshayman». Iqtibos muallifini taxmin qildingizmi? Argentina bilan chorak final bahsi arafasida jurnalistlarni hayratda qoldirgan Lui van Gal ushbu so‘zlarni aytib chiqqan. Murabbiy pensiya haqidagi bir xil savollardan charchadi, shuning uchun u qayta-qayta yangi javoblar bilan ommani hayratda qoldirmoqda. Ammo u jahon chempionatidan keyin terma jamoani tark etishini oldindan aytgan. Ammo yangi ish taklif qilinsa, u bu haqda o‘ylab ko‘radi. Hali nafaqa haqida hech qanday so‘z bo‘lishi mumkin emas.

Bunda ajablanarli narsa yo‘q. Murabbiy so‘nggi yillarda nimalarni boshdan kechirganini ko‘pchilik tasavvur qilishi qiyin. Saraton o‘limga olib keladi. U odamni ichidan yeydi va butun kuchini tortib oladi. Unga taslim bo‘lmaslik va Niderlandiyani chorak finalga olib chiqishdek yukni ko‘tarib yurish qiyin. Van Gal kasallikni yengib o‘tdi, lekin faoliyatidagi eng muhim o‘yinlardan birini boy berdi.

Van Gal yulduzlar bilan til topishishda ancha muammolarga duch kelgan. Ibragimovich o‘z tarjimai holida murabbiyni «dabdabaga boy eshak» deb atagan. Riberi shunchaki «yomon odam» deb qo‘ya qolgan. Lusio uni futbolda hech kim bu mutaxassischalik xafa qilmaganini ta’kidlagan. Biroq jamoada eng ajoyib loyihalardan birini yaratayotganda kimgadir hurmat bilan munosabatda bo‘lish qiyin albatta.

Aynan shuning uchun u «Barselona»da hamma bilan janjallashdi, shuning uchun «Bavariya»da uning foydasi tegmadi va «Manchester Yunayted»da hammasi butunlay qayg‘uga aylanib ketdi. Ingliz jamoasi nima asosiga o‘yin qurganini hech kim tushunmadi. Van Gal uchun xudo bo‘lish muhim edi, ammo bu klublarning barchasida yulduzlar bor va ular bilan til topishishga to‘g‘ri keladi. 

Biroq Niderlandiyada eng yaxshi yulduzlar yig‘ilgan bo‘lsada, ular murabbiylik egosidan e’tiroz bildirmaydi. Bolaligidan unga havas bilan qaragan iste’dodli yoshlar jamoada talaygina. Negaki, 2014 yilda u mamlakatni jahon chempionatining yarim finaliga olib chiqqandi. Albatta, bu zavqli jarayon. Hamma bu bayramning takrorlanishini xohlardi.

Ammo van Galning eksperimental uslubi hech qayerga ketgani yo‘q. Aftidan, u Qatarda 3-4-3 sxemasi bo‘yicha o‘ynagan yagona murabbiy bo‘ldi, u buni 2014 yilda sinab ko‘rgan, ammo keyin futbolchilar bunga to‘liq tayyor emasligi ko‘rinib qoldi. Bu safar hammasi zo‘r ketdi - 2021 yildan beri mag‘lubiyatlar bo‘lmadi. U hozirgi Niderlandiya terma jamoasida orzu qilingan loyihani yarata olmadi. Jamoa yana uyiga unvonsiz qaytdi. Lekin qanday qilib bu xarizmatik shaxsning futbolga tashnaligini tasavvur qilish mumkin?

Kiritildi: 21:14, 11.12.2022.
O'qildi: 1299 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.