Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/05 23:45 Fiorentina 1-1 Atalanta
23/05 21:00 Bolonya - Inter
23/05 23:45 Lasio - Piza
24/05 00:00 Betis - Levante
24/05 00:00 Jirona - Elche
24/05 00:00 Xetafe - Osasuna
24/05 00:00 Malyorka - Real Ovyedo
24/05 00:00 Real Madrid - Atletik Bilbao
24/05 00:00 Valensiya - Barselona
24/05 00:00 Alaves - Rayo Valyekano
24/05 00:00 Selta - Sevilya
24/05 00:00 Espanyol - Real Sosyedad
24/05 18:00 Parma - Sassuolo
24/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
24/05 20:00 Byornli - Vulverhempton
24/05 20:00 Kristal Pelas - Arsenal
24/05 20:00 Fulhem - Nyukasl
24/05 20:00 Liverpul - Brentford
24/05 20:00 Manchester Siti - Aston Villa
24/05 20:00 Nottingem Forest - Bornmut
24/05 20:00 Sanderlend - Chelsi
24/05 20:00 Tottenhem - Everton
24/05 20:00 Vest Xem - Lids
24/05 21:00 Napoli - Udineze
24/05 23:45 Torino - Yuventus
24/05 23:45 Verona - Roma
24/05 23:45 Cremonese - Komo
24/05 23:45 Lechche - Jenoa
24/05 23:45 Milan - Kalyari
25/05 00:00 Vilyarreal - Atletiko

CR7'ning buxgalteri bo‘lib ko‘ramiz. U qancha ishlab topmoqda?

CR7'ning buxgalteri bo‘lib ko‘ramiz. U qancha ishlab topmoqda?

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan biri. Ba’zilar undan yaxshisi yo‘q deb hisoblashadi. Besh bor «Oltin to‘p» sovriniga ega chiqqan qahramonimiz 2021 yilning yozida «Manchester Yunayted»ga qaytgandi. Ayni damda u erkin agentga aylandi. U o‘ynagan «MYU» va Portugaliya terma jamoalarining ishi unchalik ham yaxshi emas. Shunday bir paytda Ronalduning yaqin o‘tmishdagi maoshlariga bir e’tibor berib ko‘rmoqchimiz.

Ronaldu bir yilda qancha topadi?

2020 yilning yanvar oyiga ko‘ra, Ronaldu 367 million funt ishlab topgan. Bu orqali uning butun karyerasidagi maosh hajmi 1 milliard dollardan o‘tib ketgandi. Albatta, hujumchi u paytlar «Yuventus»da bo‘lgan.
Keyingi, 2021 yilda «Forbes» ma’lumotlariga ko‘ra, Krishtianu 88 million funt ishlab topgan. Superyulduzning «Nike» kompaniyasi bilan bir umrlik imzolagan shartnomasining qiymati 1 milliard dollar yoki 773 million funtga tengdir. Ronaldu nomi marketingda juda ham asqotadi. Shu sababli u turli xil kompaniyalar bilan hamkorlik qilish orqali ham pul ishlaydi. Bu borada Ronaldu Messi va Neymardan ustun turadi. Masalan, 37 yoshli futbolchi o‘tgan yili «Rolex GTX»ning 370 ming funtlik soatini taqib chiqqandi.
Ronalduda, shuningdek, umumiy qiymati 17 million funtga teng bo‘lgan avtomashinalar kolleksiyasi bor.

Ronaldu «MYU»da qancha ishlab topgan?

Ronaldu o‘zining sobiq klubida haftasiga 510 ming funt maosh olardi. 37 yosh bo‘lishiga qaramay, uning darajasi hali ham yaxshi. Shu sababli, unga Messidan ko‘ra yaxshiroq maosh to‘langan. Ronaldu sayyoramizda eng ko‘p pul ishlab topgan 4-odamga aylandi. Bu borada u faqat Kayl Jenner, Kayn Vest va Rojer Federerdan ortda qolgan xolos.

Ronaldu tijoriy hamkorliklar orqali qancha ishlab topadi?

Qahramonimiz dunyoning eng mashhur va ommabop brendlari bo‘lgan «Tag Heuer», «Clear Haircare», «Nike» va «Herbalife» bilan yirik loyihalarda ishtirok etgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Ronaldu daromadining taxminan 40 foizi aynan mana sohadan kelib tushadi. Ularning ichida «Nike» beradigan, har yillik 20 million funt ham bor.

Hozirda, Ronaldu erkin agent. Agarda uning keyingi manzili «An-Nasr» bo‘ladigan bo‘lsa, u dunyodagu eng katta maoshga ega futbolchiga aylanadi.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 10:00, 12.12.2022.
O'qildi: 8542 marta.
Fikrlar: 4 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик