Kirish Ro'yxatdan o'tish
02/04 18:30 So‘g‘diyona 2-2 Qo‘qon-1912
02/04 19:00 Bunyodkor 2-0 Lokomotiv
03/04 18:00 Xorazm - Dinamo
03/04 19:00 Navbahor - Mash’al
03/04 20:15 Nasaf - Andijon
04/04 00:00 Rayo Valyekano - Elche
04/04 17:00 Paxtakor - OKMK
04/04 17:00 Real Sosyedad - Levante
04/04 18:00 Qizilqum - Neftchi
04/04 19:15 Surxon - Buxoro
04/04 19:15 Malyorka - Real Madrid
04/04 21:00 Verona - Fiorentina
04/04 21:30 Betis - Espanyol
04/04 23:45 Lasio - Parma
05/04 00:00 Atletiko - Barselona

JCH-2022 yarim final. Argentina - Xorvatiya o‘yini haqida

JCH-2022 yarim final. Argentina - Xorvatiya o‘yini haqida

Baho:
+ | -1

Argentina terma jamoasi Jahon chempionati yarim finalida Xorvatiya terma jamoasi bilan to‘qnash keladi. Bahs 13 dekabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00 da to‘qnash keladi.

Ko‘pchilik argentinaliklarni yarim finalda ko‘rishini kutgandi, ayniqsa Lionel Messining muxlislari, ular uchun JCH-2022 bosh sovrinni boshi uzra ko‘tarish uchun haqiqiy imkoniyatdir. Janubiy Amerika jamoasi o‘z yo‘lini Saudiya Arabistonigv 1:2 hisobidagi shov-shuvli mag‘lubiyat bilan boshladi, ammo shundan so‘ng Lionel Skaloni shogirdlari o‘z yo‘llarini topib olishdi. Ular Meksika va Polshani 2:0 hisobida mag‘lub etib, guruhdan birinchi o‘rinda pley-offga yo‘l olishdi. 1/8 finalda Avstraliya bilan to‘qnash kelgan "albeseleste" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. Ularni chorak finalda Van Deyk boshchiligidagi Niderlandiya kutardi. Asabiy va keskin kurashlarga boy o‘tgan bahsda Janubiy amerikaliklar Nauel Molina va Lionel Messi (penaltidan) kiritgan gollari evaziga ishonchli hisobda oldida borayotgan edi. Biroq niderlandiyaliklar safida zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Vout Vegorst dubl qayd etib, bahsni ekstra taymlargacha davom etishining ta’minladi. Vegorstning 2-goli o‘yin yakuniga yetishiga so‘nggi soniyalar qolganda kiritilganini qayd etish lozim. Qo‘shimcha taymlarda jamoalar hisobni o‘zgartira olishmadi - 2:2. Penaltilar seriyasida darvozabon Emiliano Martines ko‘rsatgan qahramonlik sabab Argentina Niderlandiyani mag‘lub etdi.

Xorvatiya

Xorvatiya terma jamoasi turnir davomida unchalik qiziq bo‘lmagan o‘yin ko‘rsatsa-da, lekin ayni natija juda salmoqli. Zlatko Dalich shogirdlari guruhda birinchi o‘rinni marokashliklarga boy berib, ikkinchi o‘rin bilan pley-offga chiqdi. Natijada, 1/8 finalda ular Yaponiya bilan to‘qnashishdi, bu juda ko‘p qiyinchiliklarni keltirib chiqardi. Xorvatlar o‘zlarining uslubiga aylantirgan penaltilar seriyasida "kun chiqar yurt" vakillari ustidan g‘alaba qozonishdi. Chorak finalda ham o‘yin durang bilan yakunlangan bo‘lsa, bu yerda raqib bir necha barobar kuchliroq edi. Livakovich braziliyaliklarga asosiy vaqtda g‘alaba qozonishga imkon bermadi, u o‘yindan keyingi 11 metrlik seriyada ham qahramonlik ko‘rsatib, Neymar boshchiligidagi Braziliyaga chiqish eshiklarini ko‘rsatdi.

Jarohatlar va diskvalifikasiyalar:

Diskvalifikasiyalar: Akunya, Montiel - Argentina

Jarohatlar: yo‘q

Shubha ostida: yo‘q

Statistikalar va raqamlar:

– Tarix davomida bu jamoalar o‘zaro 4 marta o‘ynagan. 2 bor Argentina, 2 bor Xorvatiya g‘alaba qozongan. To‘plar farqi - 7:5, Xorvatiya foydasiga.

- 2018 yilda Rossiyada bo‘lib o‘tgan mundial guruh bosqichidagi o‘zaro uchrashuv 3:0 hisobida Xorvatiya foydasiga hal bo‘lgandi.

- Xorvatiya Qatarda hali mag‘lub bo‘lgani yo‘q (3 g‘alaba - 2 tasi penaltidan, 2 durang)

Kiritildi: 17:47, 12.12.2022.
O'qildi: 7309 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик