Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/05 23:45 Torino - Sassuolo
09/05 00:00 Levante - Osasuna
09/05 16:30 Liverpul - Chelsi
09/05 17:00 Elche - Alaves
09/05 18:00 Kalyari - Udineze
09/05 19:00 Fulhem - Bornmut
09/05 19:00 Brayton - Vulverhempton
09/05 19:00 Sanderlend - Man. Yunayted
09/05 19:15 Sevilya - Espanyol
09/05 21:00 Lasio - Inter
09/05 21:30 Manchester Siti - Brentford
09/05 21:30 Atletiko - Selta
09/05 23:45 Lechche - Yuventus
10/05 00:00 Real Sosyedad - Betis

Eronlik 26 yoshli futbolchi o‘limga hukm qilindi

Eronlik 26 yoshli futbolchi o‘limga hukm qilindi

Baho:
+ | -

Eronlik futbolchi Amir Nasr-Ozodaniy o‘limga hukm qilingan odamlar ro‘yxatiga kiritildi.

26 yoshli futbolchi Mahbuslarni nazorat qilish qo‘mitasi tomonidan o‘limga hukm qilingan 28 inson ro‘yxatidan joy olgan.

Amir noyabr oyida polisiya polkovnigi Ismoil Cheragi va «Basij» harbiy tuzilmasining ikki jangchisini o‘ldirishda ishtirok etganlikda gumonlanib, hibsga olingan edi.

Futbolchi va qolgan 27 nafar shaxs «islomiy boshqaruvga qarshi dushmanlik» va «er yuzida korrupsiyani yoyish»da ayblanmoqda. Biroq qatlning asosiy sababi ularning umummilliy norozilik namoyishlarida faol ishtirok etganlaridir.

Eslatib o‘tamiz, eronlik ayol Aminiy Tehronda huquq-tartibot idorasi xodimi tomonidan «hijobni noto‘g‘ri o‘ragani» uchun hibsga olingan va bir muddat polisiya bo‘limida bo‘lganidan so‘ng vafot etgan. Ushbu hodisa mamlakatda norozilik va tartibsizliklarni keltirib chiqardi.

Avvalroq Eron futboli afsonasi Ali Dayi o‘limga hukm qilingani xabar qilingandi.

Nasr-Ozodaniy Eron U-16 terma jamoasi va «Traktor Tabriz» klubidagi o‘yinlari bilan mashhur.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 20:07, 12.12.2022.
O'qildi: 7250 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик