Fransiya terma jamoasi markaziy himoyachisi Rafael Varan bosh murabbiy Didye Desham faoliyati haqida gapirdi.
"Desham eng mayda detallarga juda e’tiborli, u futbolchilar bilan doimiy muloqotda. U menga qo‘yadigan talablarida aniq va men jamoaga nima bera olishimni doim bilaman. Uning ish uslublari bizga ko‘p yillar davomida barqarorlikni saqlashga imkon berdi", - deya "Manchester Yunayted" futbolchisining so‘zlarini keltiradi TMW.
14 dekabr kuni Fransiya terma jamoasi Marokash bilan JCH-2022 finali yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.