Yaqinda Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi lavozimini tark etgan taniqli mutaxassis Luis Enrike Madridning “Atletiko” klubidagi ehtimoliy ish haqida gapirdi. Avvalroq OAVda u argentinalik Diyego Simeoneni o‘rnini egallashi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.
"Atletiko"da ishlash? Klub menga taklif bilan chiqishi kerak. Hozircha menga hech qanday so‘rovlar kelib tushmadi" - dedi mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya terma jamoasi Qatardagi jahon chempionatida muvaffaqiyatsizlikka uchradi. Enrike boshchiligidagi “qizil furiya” jahon chempionatining 1/8 final bosqichida Marokash terma jamoasiga penaltilar seriyasida sensasion tarzda mag‘lub bo‘ldi.