Kirish Ro'yxatdan o'tish
15/04 23:59 Bavariya - Real Madrid
17/04 21:30 Sassuolo - Komo
17/04 23:45 Inter - Kalyari

"Manchester Siti" Gvardiolni sotib olishga jiddiy kirishdi

"Manchester Siti" Gvardiolni sotib olishga jiddiy kirishdi

Baho:
+ | -

"Manchester Siti" "Leypsig" va Xorvatiya terma jamoasi himoyachisi Yoshko Gvardiolni sotib olishga jiddiy kirishmoqda.

Footmercato xabariga ko‘ra, "shaharliklar" nemis klubiga 20 yoshli xorvatiyalik uchun bonuslar bilan birga 110 million yevro taklif qilgan. “Leypsig” futbolchining keyingi transferidan 20 foiz ham olishi mumkin.

Malumotlarga ko‘ra, "shaharliklar" bosh murabbiyi Pep Gvardiola futbolchi bilan shaxsan aloqaga chiqqan.

Gvardiol 2021 yildan beri “Leypsig” safida to‘p suradi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali futbolchining narxini 60 million yevroga baholamoqda.

Gvardiol joriy mavsumda barcha turnirlarda 19 ta o‘yinda maydonga tushib, bitta gol urgan.

Kiritildi: 17:21, 13.12.2022.
O'qildi: 1935 marta.
Fikrlar: 6 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик