Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/09 00:00 Valyadolid 1-2 Malyorka
28/09 16:30 Nyukasl 1-1 Manchester Siti
28/09 17:00 Xetafe 2-0 Alaves
28/09 17:00 Bunyodkor 2-2 Nasaf
28/09 18:00 Udineze 2-3 Inter
28/09 19:00 Arsenal 4-2 Lester
28/09 19:00 Brentford 1-1 Vest Xem
28/09 19:00 Everton 2-1 Kristal Pelas
28/09 19:00 Nottingem Forest 0-1 Fulhem
28/09 19:00 Chelsi 4-2 Brayton
28/09 19:15 Rayo Valyekano 1-1 Leganes
28/09 21:00 Jenoa 0-3 Yuventus
28/09 21:30 Real Sosyedad 3-0 Valensiya
28/09 21:30 Vulverhempton 1-2 Liverpul
28/09 23:45 Bolonya 1-1 Atalanta
29/09 00:00 Osasuna 4-2 Barselona
29/09 15:30 Torino - Lasio
29/09 17:00 Selta - Jirona
29/09 18:00 Roma - Venetsiya
29/09 18:00 Komo - Verona
29/09 18:00 Ipsvich - Aston Villa
29/09 19:15 Atletik Bilbao - Sevilya
29/09 20:30 Man. Yunayted - Tottenhem
29/09 21:00 Empoli - Fiorentina
29/09 21:30 Betis - Espanyol
29/09 23:45 Napoli - Monsa
30/09 00:00 Atletiko - Real Madrid
30/09 23:45 Parma - Kalyari
01/10 00:00 Vilyarreal - Las-Palmas
01/10 00:00 Bornmut - Sautgempton

Argentina Xorvatiyani provakasiyaga "uchiradimi"? Yarim finaldan oldin Xorvatiya matbuoti maqola chop etdi

Argentina Xorvatiyani provakasiyaga "uchiradimi"? Yarim finaldan oldin Xorvatiya matbuoti maqola chop etdi

Baho:
+ | -

JCH-2022 chorak finali doirasidagi Argentina - Niderlandiya o‘yini jahon chempionati tarixidagi eng qo‘pol o‘yin bo‘ldi: ispaniyalik hakam Antonio Mateu Laos La Ligadagi odatlarini o‘zgartirmasdan, 15 ta sariq kartochka ko‘rsatdi.

Futbolchilar bir-birini janjallashishdi, haqorat qilishdi. Uchrashuv tugaganidan keyin ham mojarolar avj olishda davom etdi. Masalan, Messi Vegxorstga qo‘pollik bilan yugurdi: "Nega menga qarab turibsan, ahmoq? Bu yerdan ket!" - dedi. Ammo niderlandiyalik futbolchi keyinchalik buyuk argentinalikni shunchaki hurmat qilishni xohlayotganini tan oldi.

Endi Leo va uning jamoadaoshlari Xorvatiyaga qarshi yarim final o‘ynashadi va Xorvatiyaning Jutarnij List gazetasi maqola taqdim etdi - go‘yoki bu o‘yin qattiqqo‘llik bo‘yicha Argentina ishtirokidagi avvalgi uchrashuvdan ham o‘zib ketadi.

Bolqon matbuotining yozishicha, argentinaliklarning eng yaxshi futbolchilardan biri (nomi oshkor qilinmayapti) Yevropa klubidagi jamoadoshiga uning jamoasiga xorvatlarni provokasiya qilish va qo‘pol o‘yin bilan odatdagi o‘yinini qurishga yo‘l qo‘ymaslik vazifasi berilganini aytgan. Motiv nima? Jutarnij List xulosasiga ko‘ra, argentinaliklar raqiblarining asablari taranglashgan holda o‘ynashini xohlashadi.

O‘sha argentinalik futbolchi o‘z jamoasi Xorvatiyani 60 daqiqadayoq mag‘lub etishga ishonchi komil shekilli, yo ikkita gol uradi yoki raqib tarkibidagi biror futbolchi maydondan chetlatilishini bildirgan. Klubning kiyinish xonasida, o‘shandan beri bu holat tinmay muhokama qilinmoqda.

Jutarnij List nashrining ta’kidlashicha, Argentina terma jamoasining uch nafar futbolchisi bosh murabbiy Lionel Skalonidan ruhiy jihatdan eng beqaror deb hisoblagan uchta xorvatiyalik futbolchini g‘azablantirish uchun maxsus ko‘rsatmalar olgan.

Bolqon nashrining yozishicha, xorvatlar ustlzi Zlatko Dalich nima bo‘layotganidan xabardor va argentinaliklarning agressivligiga qarshi samarali choralar ko‘rmoqchi.

"Argentina nima qilishiga 100 foiz ishonch hosil qila olmaymiz, lekin bu o‘yinchilar raqibni muvozanatdan chiqarishni, uni xato qilishga va kartochka olishga majburlamoqchi bo‘lganlarida o‘zlarini qanday tutishlarini hamma biladi. Argentina Niderlandiya bilan o‘yinda ham shu taktikaga amal qilgan. Ular g‘alaba qozonish uchun qo‘llaridan kelganini qilishdan qo‘rqmaydilar" - dedi Dalich.

Buning ajablanarli joyi yo‘q, lekin kimningdir iflos usullardan foydalanib, jahon chempionati finaliga chiqishni xohlayotgani achinarli. Bunga qarshilik ko‘rsatish va sovuqqonlikni saqlash oson emas, ammo Xorvatiya terma jamoasi diqqatni jamlashi va sodir bo‘layotgan hamma narsa kurashning bir qismi ekanligini tushunishi kerak. Biz xotirjamlikni saqlashimiz va Argentinani maydonda mag‘lub etishimiz kerak. Eng yomon variant - havaskorlar kabi taslim bo‘lish va taslim bo‘lishdir. Bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi" - deya qo‘shimcha qildi Dalich.

Xorvatiya OAVlari argentinaliklarning rejalaridan qandaydir xabar topganiga ishonish qiyin. Janubiy Amerikaning eng yaxshi jamoasining texnik o‘yinchilari Jennaro Gattuzo, Nayjel De Yong, Vinni Jons va boshqa qo‘pol futbolchilarning rejimiga o‘tishlarini tushunish yanada qiyinroq. Ammo o‘lja tashlandi va endi Argentina - Xorvatiya o‘yini yanada orziqib kutilgan bo‘ldi.

Kiritildi: 18:52, 13.12.2022.
O'qildi: 4966 marta.
Fikrlar: 17 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.