Portugaliyalik sobiq futbolchi Luish Figu bosh murabbiy Fernandu Santushni jamoaning JCH-2022dan ketishida aybladi.
«Ronaldu zaxirada o‘tirgan holda jahon chempionatida g‘alaba qozona olmaysiz. Uni tarkibdan chiqarish xato edi. Bu mag‘lubiyat uchun to‘liq javobgarlik Santushning zimmasida», - deydi Figu.
Eslatib o‘tamiz, Portugaliya chorak finalda Marokashga yutqazib musobaqani tark etdi.