Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/12 01:00 Liverpul 3-1 Lester
28/12 00:30 Brayton 0-0 Brentford
28/12 01:15 Arsenal 1-0 Ipsvich
28/12 19:00 Empoli - Jenoa
28/12 19:00 Parma - Monsa
28/12 22:00 Kalyari - Inter
29/12 00:45 Lasio - Atalanta
29/12 16:30 Udineze - Torino
29/12 19:00 Napoli - Venetsiya
29/12 19:30 Lester - Manchester Siti
29/12 20:00 Tottenhem - Vulverhempton
29/12 20:00 Kristal Pelas - Sautgempton
29/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
29/12 20:00 Fulhem - Bornmut
29/12 22:00 Yuventus - Fiorentina
29/12 22:15 Vest Xem - Liverpul

Portugaliya terma jamoasi Ronaldusiz qoladimi? Yulduzning o‘zi bunga ishora qilmoqda

Portugaliya terma jamoasi Ronaldusiz qoladimi? Yulduzning o‘zi bunga ishora qilmoqda

Baho:
+ | -

Krishtianu Ronaldu va uning jamoasi chorak finalda Marokashga qarshi mag‘lubiyatga uchrab, turnirni tark etgandi. Shundan so‘ng, hammada 37 yoshli hujumchining terma jamoadan ketishi yoki qolishi bilan bog‘liq savollar paydo bo‘la boshladi. Xabarlarga ko‘ra, Ronalduning o‘zi xalqaro futboldan chekinmoqchi emas va Yevro-2024da Portugaliya tarkibida bo‘lmoqchi. U Portugaliya ustozi Fernandu Santush tomonidan zaxiraga mixlab qo‘yilgandi. Bunga esa Krishtianuning Janubiy Koreyaga qarshi o‘yindagi xulqi sabab bo‘lgan. Natijada, Ronaldu Shveysariya va Marokash bilan o‘yinlarda zaxirada o‘tirishga mahkum bo‘lgandi.

Ba’zi sobiq futbolchilar va muxlislar Santushning yuqoridagi qarorini noto‘g‘ri deb hisoblab, uni tanqid ostiga oldi. Oradan ko‘p o‘tmay, Ronalduga Portugaliya FA tomonidan tahdid qilingani haqida xabarlar tarqaldi. Unda aytilishcha, Ronaldu milliy terma jamoadan ketishi bilan qo‘rqitilgan. Ammo tez orada bu ma’lumotlar yolg‘on ekani Ronaldu va Portugaliya futbol ittifoqi tomonidan tasdiqlandi. Shunga qaramay, Fernandu Santush matbuotga Ronalduni zaxirada qoldirganidan afsusda emasligini bildirdi. U Marokashga qarshi mag‘lubiyatli o‘yindan keyin shunday dedi:

"Afsusda emasman. O‘ylashimcha, bu jamoa Shveysariya qarshi fantastik o‘ynagandi. Bu safar ham shunday bo‘lishi kerak edi. Ronalduga kelsak, u ajoyib futbolchi. Faqat biz undan kerak paytda foydalanmoqchi edik".
Ronaldu alamli mag‘lubiyatdan keyin Instagram tarmog‘idagi o‘z sahifasida post qoldirgandi. Bu post ko‘pchilikka Portugaliyadagi Ronalduning davri tugaganiga ishoradek tuyuldi. Unda shunday deyiladi: "Portugaliya safida Jahon chempioni bo‘lish, faoliyatimdagi eng katta orzum edi. Omadim bor ekan, men klub miqyosida ko‘plab sovrinlar yutdim. Hatto, Portugaliyada ham. Ammo o‘z yurtim bayrog‘ini jahondagi eng katta turnirda yuksakka ko‘tarish armonga aylandi. Ha, men bu uchun kurashdim. Bu orzuni amalga oshirishga sa’y qildim. 16 yil mobaynida 5 ta munidal o‘yinida gol urdim va bu atrofimdagi ahil jamoa va ortimizda turgan millionlab portugaliyaliklar yordam bilan amalga oshgandi. Men borimni berdim. Har bir bahsda maydonga borimni tashlab ketdim. Men hech qachon kurashdan yuzimni burmaganman. Bu menga xos emas va men taslim bo‘lishni xohlamadim. Achinarlisi, kecha o‘sha orzularim chilparchin bo‘ldi. Nima deyilmasin, nima yozilmasin, qancha g‘iybat bo‘lmasin, mening Portugaliyaga sadoqatim va fidokorligim bir lahza ham o‘zgarmadi. Doimo erishish mumkin bo‘lgan narsalar tomon harakat qilganman. Men hech qachon o‘z jamoadoshlarim va yurtimdan yuz o‘girmaganman. Bundan ortiq gapira olmayman. Rahmat, Portugaliya. Sendan minnatdorman Qatar. Orzu orzuligida go‘zal bo‘ladi, armonga aylanganida emas. Bugun bir-birimizga dalda bo‘lishimiz kerak. O‘ylash uchun esa vaqt talab etiladi".

Aynan yuqorida aytilgan gaplar Ronalduni Portugaliya terma jamoasidan ketadi degan xulosalarga sabab bo‘ldi. Ammo Portugaliyaning "CM Journal" nashri bergan xabarda aytilishicha, Ronaldu hali ham o‘zini terma jamoaga kerakli deb biladi va taslim bo‘lmoqchi emas. Hattoki, Fernandu Santush jamoada qolsa ham u davom etmoqchi. Hozirda Krishtianu Ronaldu "MYU"dan ketib, o‘ziga yangi klub qidirmoqda. 2024 yilgi Yevropa chempionatiga borish uchun esa unga bu narsa juda ham kerak.

 

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 09:45, 14.12.2022.
O'qildi: 5984 marta.
Fikrlar: 26 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.