2022 yilgi mavsumda «Andijon» boshqaruvida ishlab, jamoani Superligaga olib chiqqan Viktor Kumikov, kutilmaganda, Qozog‘istonning «Qaysar» bilan shartnoma imzoladi.
Vaholanki, uning «Andijon»dan iste’foga chiqishi haqida gap-so‘zlar yo‘q edi. U yangi klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi.
"Qaysar" o‘tgan mavsumni Birinchi ligada o‘tkazib, 2-o‘rinni egallagan holda Premyer-liga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Murabbiyning aytishicha, o‘zbekistonlik ba’zi futbolchilarni "Qaysar"ga olib o‘tish borasida muzokaralar olib borilayotgan ekan. Mutaxassis qaysi o‘yinchilar ekanini aytmadi.