Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/06 07:00 Janubiy Koreya 2-1 Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina
13/06 06:00 AQSh - Paragvay
13/06 23:59 Qatar - Shveysariya
14/06 03:00 Braziliya - Marokash
14/06 06:00 Gaiti - Shotlandiya
14/06 09:00 Avstraliya - Turkiya
14/06 22:00 Germaniya - Kyurasao

"Chelsi" 19 yoshli Fofana uchun 10 million yevro to‘lashga tayyor

"Chelsi" 19 yoshli Fofana uchun 10 million yevro to‘lashga tayyor

Baho:
+ | -

Jurnalist Fabrisio Romanoning xabar berishicha, "Chelsi" "Molde"ning 19 yoshli hujumchisi David Datro Fofana bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi.

Manbaga ko‘ra, London klubi ivuarlik yosh futbolchi uchun 10 million yevro to‘laydi.

Fofananing "Molde" bilan amaldagi shartnomasi 2024 yil oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt portali futbolchini 7 million yevroga baholamoqda.

Norvegiya chempionatining joriy mavsumida hujumchi 24 ta o‘yin o‘tkazib, 15 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Shuningdek, u Konferensiyalar ligasining 10 o‘yinida to‘rtta gol va bitta golli uzatmaga ega.

Premyer-liganing joriy mavsumida 14-turdan so‘ng “Chelsi” 21 ochko bilan turnir jadvalida sakkizinchi o‘rinda bormoqda.

Kiritildi: 17:12, 15.12.2022.
O'qildi: 1701 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик