Kirish Ro'yxatdan o'tish
11/06 23:59 Meksika - JAR
12/06 07:00 Janubiy Koreya - Chexiya
12/06 23:59 Kanada - Bosniya-Gertsegovina

Mourinyo ikkita ishni birlashtira olmaydi

Mourinyo ikkita ishni birlashtira olmaydi

Baho:
+ | -

"Roma" bosh murabbiyi Joze Mourinyo bu mavsumda Portugaliya terma jamoasini boshqarmaydi va avvalroq xabar qilinganidek, ikkita ishni birlashtirmaydi.

Retesportning Record nashriga tayanib xabar berishicha, klub va mutaxassisning o‘zi bunday fikrga qarshi. Biroq uning terma jamoadagi lavozimiga tayinlanishi ham istisno emas – agar mahalliy federasiya rimliklar bilan muzokara olib borishga muvaffaq bo‘lsa, yozda u A Seriyani tark etadi.

Mourinyoga JCH-2026gacha shartnoma taklif qilinadi. Muzokaralar ijobiy yakunlangan taqdirda, yoshlar terma jamoasi murabbiyi Ruy Jorje bahorda vaqtincha Portugaliya bilan ishlashi mumkin.

Biroq mamlakat futbol rasmiylarining ayrim vakillari yangi to‘laqonli murabbiy Yevro-2024 saralash bosqichi boshlanishiga qadar ishga kirishishini ta’kidlamoqda.

Kiritildi: 17:36, 15.12.2022.
O'qildi: 2171 marta.
Fikrlar: 3 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик