Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/12 17:30 Manchester Siti 1-1 Everton
26/12 20:00 Bornmut 0-0 Kristal Pelas
26/12 20:00 Chelsi 1-2 Fulhem
26/12 20:00 Nyukasl 3-0 Aston Villa
26/12 20:00 Nottingem Forest 1-0 Tottenhem
26/12 20:00 Sautgempton 0-1 Vest Xem
26/12 22:30 Vulverhempton - Man. Yunayted
27/12 01:00 Liverpul - Lester

"Manchester Yunayted" yulduzining ishlari joyida emas

"Manchester Yunayted" yulduzining ishlari joyida emas

Baho:
+ | -

Dortmundning "Borussiya" klubi safidan "Manchester Yunayted"ga o‘tgan Jeydon Sancho o‘zidan kutilgan umidlarni oqlay olmayapti. U "qizil iblislar" safida jami 52 ta bahsda atigi 8 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi. Dortmundliklar safida esa u 137 o‘yinda 50+64 natijasini qayd etgan.

Ketma-ket muvaffaqiyatsiz o‘yinlar vingerga jahon chempionati uchun Angliyaning yakuniy qaydnomasiga kirishga imkon bermadi. Shundan so‘ng Sancho individual dastur ustida ishlash uchun Niderlandiyaga jo‘nab ketdi.

Ten Xag bu ma’lumotni tasdiqladi, ammo qaytish sanasini aytmadi:

“Biz Jeydonni “Yunayted”ning so‘nggi o‘yinlarida ko‘rmadik, chunki u tayyor emas edi. Hozir u individual dastur bilan shug‘ullanadi. Biz uni tugatishini xohlaymiz va men uni tez orada safda ko‘rishga umid qilaman. Men uni imkon qadar tezroq qaytarishni xohlayman, lekin bu qachon sodir bo‘lishini taxmin qila olmayman.

Mavsum boshida Jeydon yaxshi o‘yinlar o‘tkazdi, ammo tez orada uning foydali ish koyefisenti pasayib ketdi. Bu nafaqat jismoniy, balki psixologik omillarning umumiy ta’siri edi. Biz bu masalani hal qilishga va uni qaytarishga harakat qilmoqdamiz."

Sancho "Manchester Yunayted"ning xalqaro tanaffusdan keyingi ilk bahsida Angliya liga kubogi doirasidagi "Byornli"ga qarshi uchrashuvda katta ehtimol bilan ishtirok etmaydi. Ten Xagning hujumdagi tanlovi juda kam: Sancho Niderlandiyada, Ronaldu ketdi, Brunu va Reshford Jahon chempionatidan keyin hamon ta’tilda. Marsyal, Garnacho, Pellistri va Elanga qoldi.

Jeydon "Manchester Yunayted" bilan Ispaniyadagi yig‘inga bormadi va havaskorlar bilan shug‘ullandi.

Sancho Angliyaning jahon chempionati uchun qaydnomasiga kiritilmaganida, bu Ten Xagni ajablantirmadi:

"U yaxshi o‘yin ko‘rsatdi va rivojlandi, ammo Jeydon so‘nggi haftalarda kasallik bilan kurashmoqda. JCHga kimningdir terma jamoaga chaqirilmasligi ham normal holat. Har bir murabbiy chempionatga faqat kerakli futbolchilarni olib boradi”.

Shundan so‘ng MEN nashri vakili Samyuel Lakxerst Sancho o‘z e’tiborini o‘z formasini tiklashga qaratmoqchi ekanligini ma’lum qildi. Futbolchi ijtimoiy tarmoqlarni tozaladi: o‘chirilgan fotosuratlar, hisob tavsiflari va avatarlarni olib tashladi. The Athletic nashrining xabar berishicha, Jeydon Niderlandiyaning "Rosmalen" havaskor klubida - Erik ten Xag tavsiya qilgan murabbiylar bilan shug‘ullanmoqda.

O‘tgan haftada "Yunayted" birin-ketin La Liga klublari "Kadis" (2:4) va "Betis"ga (0:1) yutqazdi. Sancho Ispaniyaga bormadi, klub esa shunday rasmiy bayonot berdi: “Jeydon o‘zining eng yuqori darajasiga qaytish uchun individual dastur bilan mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda. Klub uni to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi".

Ten Xagning Sanchoga shubhasi yo‘q. Futbolchi “Manchester Yunayted”da qoladi.

Barcha qiyinchiliklarga qaramay, Sanchoning kelajagiga shubha yo‘q. Insayder Fabrisio Romanoning aytishicha, Ten Xag futbolchining ashaddiy muxlisi, unda katta salohiyat ko‘rmoqda, shuning uchun uni qayta formasini tiklash uchun ko‘p kuch sarflaydi. Samyuel Lakxerstning so‘zlariga ko‘ra, klub Ten Xagning vaziyatni naqadar nozik hal qilishidan hayratda.

80 million funt sterlinglik transferdan bosim ostida qolgan 22 yoshli yarim himoyachiga hamma ham unchalik ishonavermaydi. Sancho tanqidchilarni ishontirish uchun barcha ruhiy muammolarni hal qilishi kerak bo‘ladi.

Va ularning ko‘pi allaqachon mavjud.

Piter Shmeyxel: "Undan biroz hafsalasm pir bo‘ldi, unda shunday iste’dod bor. Ha, shunday maqomda “Old Trafford”da o‘ynashga kelish qiyinligini tushunaman. Ammo Jeydon Dortmundda nimaga qodirligini ko‘rsatdi va u bu yerda hozircha yetarlicha ish qilmadi.

Gabriel Agbonlahor: "Manchester Yunayted" o‘yinlarini ko‘rganimda, Antoni, Reshford, Fernandeshga e’tibor qarataman – ular o‘z oldilarida futbolchini mag‘lub etishga tayyor ekanliklarini, foydali ish qilishni, qiyin vaziyatda mas’uliyatni o‘z zimmalariga olishni istashlarini ko‘rsatishadi.

To‘pni qabul qilib olgan Sancho esa orqaga pas berdi. Agar men Lyuk Shouning o‘rnida bo‘lsam, Jeydonga: “Menga pas berishni bas qil, senga kimnidir mag‘lub etishing uchun to‘pni beraman”, degan bo‘lardim. "Borussiya"da Sancho doim raqiblarni aldashga harakat qilgan. Haqiqatan ham u o‘ziga shunchalik ishonmaydimi, u raqib bilan kurashish uchun tezlik va tasavvurga ega emasligini his qiladimi?"

Balki, Ten Xagning ishonchi Sanchoga maydonda yana porlashiga yordam berar.

Kiritildi: 23:28, 15.12.2022.
O'qildi: 2915 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.