Kirish Ro'yxatdan o'tish

Portugaliya Santush bilan xayrlashdi

Portugaliya Santush bilan xayrlashdi

Baho:
+ | -

Portugaliya futbol federasiyasi (FPF) rasmiy saytida Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyligidan ketgan Fernandu Santush bilan xayrlashdi.

“Milliy terma jamoaning jahon chempionatining so‘nggi bosqichidagi eng yaxshi o‘yinlaridan biridan so‘ng federasiya va Fernandu Santush endi yangi siklni boshlash uchun to‘g‘ri vaqt ekanligini tushunishdi. FPF mutaxassis va uning jamoasiga sakkiz yil davomida qilgan mehnatlari uchun minnatdorchilik bildiradi va bu minnatdorchilik butun Portugaliya xalqi nomidan ekanligiga ishonadi.

JCH-2022da Portugaliya chorak finalgacha yetib borgan va u yerda Marokashga yutqazgan (0:1).

68 yoshli mutaxassisning shartnomasi 2024 yilga qadar hisoblangan, biroq tomonlar o‘zaro kelishuvga ko‘ra shartnomani bekor qilishgan. U 2014 yildan buyon jamoani boshqarib kelayotgan edi. Santush Portugaliya terma jamoasi bilan birgalikda 2016 yilgi Yevropa chempionati va 2018/19 yilgi Millatlar ligasi mavsumida g‘olib chiqqan.

Kiritildi: 06:03, 16.12.2022.
O'qildi: 2059 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик