Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/12 00:45 Lechche 1-2 Lasio
22/12 01:00 Barselona 1-2 Atletiko
22/12 16:30 Roma 5-0 Parma
22/12 18:00 Valensiya 2-2 Alaves
22/12 19:00 Fulhem 0-0 Sautgempton
22/12 19:00 Lester 0-3 Vulverhempton
22/12 19:00 Man. Yunayted 0-3 Bornmut
22/12 19:00 Everton 0-0 Chelsi
22/12 19:00 Venetsiya 2-1 Kalyari
22/12 20:15 Real Madrid 4-2 Sevilya
22/12 21:30 Tottenhem 3-6 Liverpul
22/12 22:00 Atalanta 3-2 Empoli
22/12 22:30 Leganes 2-5 Vilyarreal
22/12 22:30 Las-Palmas 1-0 Espanyol
23/12 00:45 Monsa 1-2 Yuventus
23/12 01:00 Betis 1-1 Rayo Valyekano
23/12 22:30 Fiorentina - Udineze
24/12 00:45 Inter - Komo

Messi eng zo‘rligini isbotlash uchun so‘nggi imkoniyat!

Messi eng zo‘rligini isbotlash uchun so‘nggi imkoniyat!

Baho:
+ | -

Argentina sardori ajoyib muvaffaqiyatga erishishga yaqin turibdi

Argentina va Fransiya 18 dekabr kuni Lusailda sayyoramizning eng kuchli jamoasini aniqlash uchun maydonga tushadi. Natija ko‘p jihatdan jamoalar yetakchilari - Lionel Messi va Kilian Mbappega bog‘liq bo‘ladi. 23 yoshli fransuz uchun bu jahon chempionatidagi eng muhim bahslaridan biri bo‘lsa, afsonaviy argentinalik uchun esa to‘rt yillikning eng nufuzli turniri bo‘yicha so‘nggisi bo‘ladi. Leo asosiy mukofotni qo‘lga kiritish orqali o‘z sayohatini yakunlashi mumkin.

Tahlilchilar Messi jahon chempionatida g‘olib chiqishi, turnirning eng yaxshi to‘purari va o‘yinchisi, shuningdek, finalning eng qimmat o‘yinchisi bo‘lishini taxmin qilmoqda.

Leo Qatarda juda yaxshi natija qayd etyapti: oltita o‘yinda u beshta gol urdi va uchta golli uzatmani amalga oshirdi, ikkita goli jamoasiga g‘alaba keltirdi.

Saudiya Arabistoniga qarshi guruh bosqichining birinchi turida «albiseleste» sardori penaltini aniq amalga oshirdi va ofsayd tufayli bekor qilingan uchta goldan birini kiritdi. Navbatdagi o‘yindayoq u jamoani g‘alaba sari sudrab borishi kerak edi va u buni uddaladi – uzoqdan yo‘llagan zarbasi bilan hisobni ochdi, keyin esa Enso Fernandesga assistentlik qildi. Leo guruh bosqichini Polshaga qarshi unchalik ham omadli bo‘lmagan o‘yin bilan yakunladi - Voysex Shensni penaltini qaytardi.

Ammo pley-offda Messi yana porladi. U chorak finalda 11 metrlik to‘pni Gollandiya darvozasiga to‘g‘irladi va turnirning eng yaxshi golli uzatmasini amalga oshirdi. Leo Xorvatiya bilan o‘yinda 1+1 natija qayd etdi. Uning Yoshko Gvardiolni aldab o‘tgan vaziyati va Xulian Alvaresga uzatma berish nuqtasi turnirning yana bir yorqin jihati bo‘ldi.

Buyuk Messi faoliyatidagi eng yirik o‘yinni o‘tkazadi. U allaqachon bitta Jahon chempionati finaliga chiqqan (2014 yilda), ammo hozir eng muhim chempionlik uchun so‘nggi imkoniyatdir. Argentinalik futbolchi yoshi katta bo‘lgani uchun keyingi jahon chempionatida o‘ynamasligini anchadan beri ma’lum qilgan.

Ko‘pchilik Argentina terma jamoasi uchun emas, Messi uchun omad tilayotganini ochiq aytmoqda. O‘tgan 15 yil davomida odamlar futbolda kim birinchi raqamli ekani - Messi yoki Ronaldu haqida bahslashmoqda. To‘g‘ri bunga javob yo‘q. Kimdir Messining tabiiy iste’dodidan ko‘proq hayratda qolsa, kimdir Ronalduning fantastik fidoyiligiga qoyil qoladi. 

Bu borada ko‘plab statistik ma’lumotlar mavjud. Ikkalasi ham bittadan qit’a chempionligini qo‘lga kiritgan (Portugaliya – Yevropa chempionati – 2016, Argentina – Amerika kubogi – 2021). Endi esa 2022 yilgi jahon chempionati ikkalasi uchun so‘nggi imkoniyat edi. Kimdir asosiy ko‘rsatkich «Oltin to‘plar» ekanligini aytadi. Bu borada Messi oldinda (garchi bu boshqa mezon bo‘lsa ham). Ammo JCH-2022da aynan Lionel o‘zini yaxshiroq ko‘rsatdi. U nafaqat finalga chiqdi, balki jamoaning asosiy elementiga aylandi, buni Ronaldu haqida aytib bo‘lmaydi.

Endi Messi futbol tarixidagi eng yaxshi futbolchimi yoki yo‘qmi, degan bahs yanada dolzarb bo‘lib qoldi. Messini haqiqatdan ham tarixdagi eng buyuk deb atash mumkinmi? Hatto argentinaliklar ham bunga ishonchlari komil emas. Chunki Maradona va Messini solishtirish qiyinligini tushunish kerak. Hozir futbol 30-40 yil oldingiga nisbatan umuman boshqacha saviyada. Har xil tezlik, har xil ovqatlanish, turli dorilar mavjud. Maradona tomonidan to‘xtatilgan himoyachilar bilan hozir bizda kuchli va taktik jihatdan tayyorlanayotgan himoyachilarni solishtirib bo‘lmaydi.

Bu shaxmatdagi kabi. Hozirgi jahon chempioni Magnus Karlsen, ehtimol, 40 yil oldingi har qanday dahoni mag‘lub etgan bo‘lar edi. O‘yinlar yanada murakkablashdi - mikroskopik tafsilotlargacha turlicha. Demak, qaysidir ma’noda bugungi kunning eng yaxshi futbolchisi o‘tgan davrdagi eng yaxshi futbolchilaridan kuchliroqdir.

Kiritildi: 18:24, 16.12.2022.
O'qildi: 1977 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.