"Milan" tarbiyalanuvchisi Janluidji Donnarumma sobiq bosh murabbiy Sinisha Mixaylovich bilan xayrlashdi. Mutaxassis bugun, 16 dekabr kuni 54 yoshida vafot etdi.
“Siz har doim jangchi bo‘lgansiz va men qanchalik jang qilganingizni bilaman. Menga doimo ishonganingiz uchun va birinchi uchrashgan kundan boshlab menga aytgan hamma narsangiz uchun rahmat. Siz doim yuragimda bo‘lasiz”, - deb yozgan Donnarumma Twitter'da.
Mixaylovich 2015–2016 yillarda “Milan”ni boshqargan.