Kirish Ro'yxatdan o'tish
12/05 00:00 Tottenhem 1-1 Lids
12/05 00:00 Rayo Valyekano 1-1 Jirona
12/05 22:00 Selta 2-3 Levante
12/05 23:00 Betis 2-1 Elche
13/05 00:30 Osasuna 1-2 Atletiko
13/05 22:00 Espanyol - Atletik Bilbao
13/05 22:00 Vilyarreal - Sevilya
14/05 00:00 Manchester Siti - Kristal Pelas
14/05 00:30 Alaves - Barselona
14/05 00:30 Xetafe - Malyorka
14/05 22:00 Valensiya - Rayo Valyekano
14/05 23:00 Jirona - Real Sosyedad

Ramushga 70 million yevrodan yuqori narx belgilandi

Ramushga 70 million yevrodan yuqori narx belgilandi

Baho:
+ | -

"Benfika" klubi hujumchi Gonsalu Ramushga taklif kiritdi, deb xabar beradi Goal.

Manba bergan xabarga ko‘ra, 21 yoshli futbolchi JCH-2022 1/8 finalida Portugaliyaning Shveysariyaga qarshi o‘yinida (6:1) xet-trik qayd etganidan so‘ng Yevropa klublari e’tiborini tortgan. "Benfika" bu vaziyatdan unumli foydalanmoqchi va hujumchi uchun 70 million yevrodan ortiq narx belgilagan.

Avvalroq, "Manchester Yunayted" skautlari Portugaliya terma jamoasi futbolchisini diqqat bilan kuzatishayotgani haqida xabar berilgandi.

Portugaliyalikning "Benfika" bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yoziga qadar amal qiladi. Ramush joriy mavsumda “Benfika” safida barcha musobaqalarda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Transfermarkt portali futbolchining narxini 24 million yevroga baholamoqda.

Kiritildi: 05:52, 17.12.2022.
O'qildi: 1437 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик