Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/05 00:30 Almeriya 0-2 Barselona
17/05 01:00 Real Sosyedad 1-0 Valensiya
17/05 23:45 Fiorentina 2-2 Napoli
18/05 21:00 Lechche - Atalanta
18/05 23:45 Torino - Milan
19/05 00:00 Alaves - Xetafe
19/05 15:30 Sassuolo - Kalyari
19/05 18:00 Monsa - Frozinone
19/05 18:00 Udineze - Empoli
19/05 20:00 Manchester Siti - Vest Xem
19/05 20:00 Sheffild Yunayted - Tottenhem
19/05 20:00 Arsenal - Everton
19/05 20:00 Brentford - Nyukasl
19/05 20:00 Brayton - Man. Yunayted
19/05 20:00 Byornli - Nottingem Forest
19/05 20:00 Chelsi - Bornmut
19/05 20:00 Kristal Pelas - Aston Villa
19/05 20:00 Liverpul - Vulverhempton
19/05 20:00 Luton - Fulhem
19/05 21:00 Inter - Lasio
19/05 22:00 Valensiya - Jirona
19/05 22:00 Vilyarreal - Real Madrid
19/05 22:00 Atletik Bilbao - Sevilya
19/05 22:00 Atletiko - Osasuna
19/05 22:00 Barselona - Rayo Valyekano
19/05 22:00 Betis - Real Sosyedad
19/05 22:00 Kadis - Las-Palmas
19/05 22:00 Malyorka - Almeriya
19/05 22:00 Granada - Selta
19/05 23:45 Roma - Jenoa
20/05 00:00 Loryan - Klermon
20/05 00:00 Monako - Nant
20/05 00:00 Lill - Nissa
20/05 00:00 Lion - Strasbur
20/05 00:00 Reyms - Renn
20/05 00:00 Lans - Monpelye
20/05 00:00 Tuluza - Brest
20/05 00:00 Gavr - Marsel
20/05 00:00 Mets - PSJ

Jahon chempionatida bir daqiqa ham maydonga tushmagan yulduzlar

Jahon chempionatida bir daqiqa ham maydonga tushmagan yulduzlar

Baho:
+ | -

Quyida JCH-2022da hech qachon maydonga tushmagan mashhur futbolchilar haqida gapiramiz.

Mark-Andre ter Shtegen (Germaniya terma jamoasi)

Ter Shtegen uchun hech qanday yangilik bo‘lmadi - barcha o‘yin vaqti yana Manuel Noyerga berildi. «Barselona» darvozaboni 2022 yilgi jahon chempionatida umuman o‘ynamadi, ammo Germaniya turnirda uzoqqa bora olmadi. Nemislar pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kirita olmadi va guruh bosqichidagi uchta o‘yindan so‘ng uylariga jo‘nab ketdi. Balki Ter Shtegen 2024 yilgi Yevropa chempionatida Bundestimga yordam berar. 

Aaron Remsdeyl (Angliya)

Angliyada Remsdeylni masxara qilishdi, chunki uning jamoasi Premyer-ligadan Chempionshipga tushib ketdi. Ammo bu «Arsenal»ga o‘tishdan oldin sodir bo‘lgan edi. London klubida Aaron butunlay boshqa darajaga ko‘tarildi va bu unga terma jamoaga jalb etilishiga yordam berdi. Biroq, «kanonirlar» posboni Jahon chempionatida o‘ynamadi - butun o‘yin vaqti Jordan Pikfrodga o‘tdi. «Everton» darvozaboni Angliya jamoasining so‘zsiz birinchi raqamli kiperi bo‘lib qolmoqda.

Konor Gallaxer (Angliya)

Inglizlarda iqtidorli yoshlar ko‘p, lekin hamma ham maydonda o‘z o‘rniga ega emas, jumladan Gallaxer. Biroq, «Chelsi» yarim himoyachisi uchun Qatarga safarning o‘zi allaqachon kutilmagan hol bo‘ldi. Futbolchi jahon chempionatiga borishni u uchun kutilmagan bo‘lganini tan oldi. Konor 2022 yilgi jahon chempionatida ishtirok etmadi, ammo bu ajablanarli hol emas. Gallaxerning markaziy yarim himoya pozisiyasida jiddiy raqobatchisi bor - Jud Bellingem. Ammo u uchun hali hammasi oldinda. 

Stefan de Vrey (Niderlandiya)

De Vrey «Inter»ning asosiy himoyachisi hisoblanadi. Lekin terma jamoada futbolchining o‘rni unchalik yaxshi emas. Gollandiyalik futbolchi butun turnirni zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi. Gollandiya terma jamoasining qaydnomasiga birdaniga 5 nafar markaziy himoyachi kiritilgani uchun raqobatda yorib chiqish haqiqatan ham qiyin bo‘ldi. Yevropaning top-klublari pulini ayamagan Matteys de Ligt JCH-2022da jami 92 daqiqa o‘ynab turgan bir paytda de Vrey haqida nima deyish mumkin. Balki, murabbiy almashganidan keyin futbolchilarda nimadir o‘zgarar. Lui van Gal allaqachon «apelsinlar» bazasini tark etgan, uning o‘rnini Ronald Kuman egalladi.

Ben Uayt (Angliya)

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Uayt JCH-2022 uchun Angliya terma jamoasiga chaqirilganidan xursand bo‘ldi. Biroq, futbolchi uchun jahon chempionati qorong‘u bo‘lib chiqdi. Ben 2022 yilgi jahon chempionatida o‘ynamadi va hatto terma jamoa joylashgan joyni muddatidan oldin tark etdi. Mish-mishlarga ko‘ra, bunga Garet Sautgeytning yordamchilaridan biri bilan kelishmovchilik sabab bo‘lgan. Mutaxassis buni tasdiqlamadi. Premyer-ligadagi peshqadamlikni saqlab qolish uchun ularga barcha muhim futbolchilar kerak, shu sababli Benning mashg‘ulotlarga erta qaytgani ayni muddao bo‘ldi.

Karim Adeyemi (Germaniya terma jamoasi)

Adeyemi Germaniya terma jamoasining yangi avlodidan biridir. Biroq jahon chempionatida Karim o‘zini ko‘rsata olmadi – unga imkoniyat yo‘q edi. Boshqa tomondan, yosh hujumchi Bundesligada eng yorqin mavsumni o‘tkazmayapti, shuning uchun jahon chempionatiga chaqiruvni boshqacha bir rag‘bat deb hisoblash mumkin. Har holda Adeyemida terma jamoaning muhim futbolchisiga aylanish imkoniyati saqlanib qolgan. Nemislarda juda istiqbolli futbolchilar avlodi bor. Ularning ochilishiga yo‘l qo‘ymaslik g‘alati bo‘ladi.

Jeyms Meddison (Angliya)

Angliya termasining jahon chempionatida ishtirok eta olmagan yana bir vakili. Meddison dastlab zaif istiqbolga ega edi. U jarohati tufayli mashg‘ulotlarni kech boshladi. «Lester» yarim himoyachisi hisobida Angliya terma jamoasi tarkibida birgina o‘yin bor. Shunga qaramay Meddison «tulkilar» uchun muhim o‘yinchi bo‘lib qolmoqda va hali ham Premyer-ligada yuqori baholanadi, u bir necha mavsum davomida top-klublar tomonidan qiziqishlarga sabab bo‘ldi.

Kiritildi: 22:57, 17.12.2022.
O'qildi: 8319 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.