Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/12 00:30 Arsenal 2-0 Brentford
04/12 00:30 Brayton 3-4 Aston Villa
04/12 00:30 Byornli 0-1 Kristal Pelas
04/12 00:30 Vulverhempton 0-1 Nottingem Forest
04/12 01:15 Lids 3-1 Chelsi
04/12 01:15 Liverpul 1-1 Sanderlend
05/12 01:00 Man. Yunayted 1-1 Vest Xem
06/12 01:00 Real Ovyedo - Malyorka
06/12 17:30 Aston Villa - Arsenal
06/12 18:00 Vilyarreal - Xetafe
06/12 19:00 Sassuolo - Fiorentina
06/12 20:00 Everton - Nottingem Forest
06/12 20:00 Manchester Siti - Sanderlend
06/12 20:00 Nyukasl - Byornli
06/12 20:00 Tottenhem - Brentford
06/12 20:00 Bornmut - Chelsi
06/12 20:15 Alaves - Real Sosyedad
06/12 22:00 Inter - Komo
06/12 22:30 Lids - Liverpul
06/12 22:30 Betis - Barselona

Marokash bosh murabbiyi: «15–20 yildan keyin Afrika terma jamoasi jahon chempioniga aylanadi»

Marokash bosh murabbiyi: «15–20 yildan keyin Afrika terma jamoasi jahon chempioniga aylanadi»

Baho:
+ | -

Marokash terma jamoasi bosh murabbiyi Volid Regragiy JCH—2022'ning uchinchi o‘rini uchun Xorvatiyaga qarshi kechgan bahsdan (1:2) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Jahon Chempionatlarida endi Afrikadan 9 ta qatnashchi bo‘ladi va biz o‘rganishda davom etamiz. Ishonchim komil, 15–20 yildan keyin Afrika terma jamoasi jahon chempioniga aylanadi, chunki biz o‘rganib olamiz.

Bosib o‘tishimiz kerak bo‘lgan ma’lum bir bosqich bor. Ushbu natijani unutishimiz, yana-da ko‘proq ishlashimiz kerak. Biz nafaqat Marokash uchun, balki butun mintaqa uchun DNK yaratamiz.

Kiyinish xonasida yigitlarga agar tarixga kirishni istasak, Afrika Kubogida g‘alaba qozonishimiz kerakligini aytdim. O‘z mintaqamizda dominantga aylanishni xohlaymiz.

Naqadar aql bovar qilmas natijaga erishganimizni ertaga anglab yetamiz. Qisqa vaqt ichida katta tajriba to‘pladik. Kutganimizdan uzoqroqqa bordik, biroq bu yetarli emas. Bu keyingi qatnashchilar uchun namuna bo‘lishi kerak. Bu butun Afrika uchun foydali bo‘ladi, deb umid qilaman.

Bizni ajoyib kelajak kutyapti, olg‘a yurishda davom etamiz. Albatta, oldimizda qachonlardir Jahon Chempionatini yutish maqsadi turadi. Bundan keyin bizga nisbatan bosim yuqori bo‘ladi.

Kuchli jamoalar bilan tengma-teng kurasha olishimizni ko‘rsatdik. Bunday o‘yinlar natijasi kichik detallarga bog‘liq bo‘ladi», — deydi Regragiy.

Marokash terma jamoasi Belgiya, Kanada va Xorvatiya bilan bir guruhdan joy oldi. Pley-offda dastlab Ispaniya, keyinchalik Portugaliya taslim etildi. Yarim finalda Fransiyaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Manba: daryo.uz
Kiritildi: 11:17, 18.12.2022.
O'qildi: 1148 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.