Fransiya termasi bosh murabbiyi Didye Desham kelajagi haqida berilgan savolga javob berdi.
"Yil boshida FA prezidenti bilan uchrashaman va u bilan suhbatlashaman. G‘alaba qozongan taqdirimizda ham men shunday degan bo‘lar edim. Buning uchun vaqt kerak”, - dedi Desham.
Kecha Argentina termasi JCH-2022 finalida Fransiyani penaltilar seriyasida yengdi - 3:3, 4:2.