Kirish Ro'yxatdan o'tish
10/10 05:00 Peru - Urugvay
10/10 14:10 Avstraliya - Xitoy
10/10 19:00 O‘zbekiston - Eron
10/10 19:00 Iordaniya - Janubiy Koreya
10/10 21:00 Bahrayn - Indoneziya
10/10 21:00 Qatar - Qirg‘iziston
10/10 21:00 Ummon - Kuvayt
10/10 21:00 BAA - KXDR
10/10 23:00 Iroq - Falastin
10/10 23:00 Saudiya Arabistoni - Yaponiya
11/10 01:00 Boliviya - Kolumbiya
11/10 02:00 Ekvador - Paragvay
11/10 02:00 Venesuela - Argentina
11/10 05:00 Chili - Braziliya

Mundial kashfiyotini qanday kelajak kutmoqda? Enso kuchli jamoalar o‘rtasida talash bo‘lmoqda

Mundial kashfiyotini qanday kelajak kutmoqda? Enso kuchli jamoalar o‘rtasida talash bo‘lmoqda

Baho:
+ | -

"River Pleyt" akademiyasini bitirgan Fernandes 2019 yilda jamoadagi debyutini o‘tkazdi va "Defensa" va "Justisiya" klublari safida ham maydonga tushishga muvaffaq bo‘ldi. Ikki klubda ijara asosida to‘p tepgan Enso 32 ta o‘yinda maydonga tushdi. 2021 yilda ijaradan qaytgach, Enso Riverning asosiy jamoasi tarkibida paydo bo‘ldi va Argentina chempionatida g‘olib chiqqan jamoaning asosiy o‘yinchisiga aylandi.

Yevropaning yirik klublari darhol Ensoga, jumladan, "Real Madrid", "Liverpul", "Manchester Siti" ko‘z tikishdi. Biroq, 21 yoshli argentinalik futbolchi uchun 12 million yevro to‘lagan "Benfika" eng chaqqon bo‘lib chiqdi. Bir necha oy ichida uning narxi deyarli o‘n barobar oshdi.

Enso Portugaliya chempionatida golli paslar bo‘yicha uchinchi o‘rinni egallab turibdi, yakkakurashlar, oldinga uzatmalar va maydonning so‘nggi uchdan bir qismiga uzatmalar bo‘yicha peshqadam, shuningdek, gol oldidan harakat va to‘p uzatishda eng yaxshilardan biri.

Yarim himoyachi moslashish uchun deyarli vaqt talab qilmadi.

Fernandesni allaqachon o‘z pozisiyasida dunyoning eng yaxshilaridan biri deb atash mumkin

Faoliyati davomida Fernandes o‘z jamoalarida asosiy yarim himoyachisi bo‘lgan. U to‘pni ushlab turish zarur paytlarni, qachon undan qutilishni va uni qaysi tomonga yo‘naltirishni juda yaxshi his qiladi, shu tufayli o‘yin sur’atini mukammal boshqaradi. Bu statistik ma’lumotlarda ham o‘z aksini topdi – Enso to‘p uzatishlar soni bo‘yicha Yevropaning kuchli sakkiz ligasidagi futbolchilarning 99 foizidan, aniqligi bo‘yicha esa 89 foiz o‘yinchilardan yaxshi ko‘rsatkichga ega.

O‘zining ajoyib muvozanat hissi va harakatdagi moslashuvchanligi tufayli u tor joylarda to‘pni qabul qilishda ustunligi bor va yaxshi dribling tufayli bosimga chidamli.

Fernandes to‘pga egalik qilmasa ham ustunlik qiladi. Maydonni yaxshi ko‘rish to‘pni raqibdan olib qo‘yish uchun eng qulay pozisiyani egallash imkonini beradi. Enso, shuningdek, jamoasining himoya chizig‘ini samarali qoplaydi, yakkakurashlarda juda tajovuzkor, bu unga har bir uchrashuvda o‘rtacha 4 tadan ko‘proq kurashlarda g‘olib chiqishiga imkon beradi.

Enso himoyada ham, hujumda ham yaxshi, bu esa uni maydon markazida istalgan rolda ishlatish imkonini beradi. "River Pleyt"ning bosh skauti tasdiqlaganidek, u eng yuqori darajada ishlash uchun barcha ko‘nikmalar, aql va jismoniy xususiyatlarga ega:

Dominant shaxsiyati tufayli Fernandesda ortiqcha bosim yo‘q. U xato qilmaydi yoki muvaffaqiyatsizlikka uchramaydi. U barqaror. 

Turnir boshlanganidan keyin Argentinaning jahon chempionatida g‘alaba qozonish imkoniyatini oshirdi

21 yoshli Enso Fernandes haqiqiy kashfiyot va ushbu jahon chempionatining eng yaxshi yosh futbolchisiga aylandi. Jahon chempionati oldidan Ensoni Argentina terma jamoasining kafolatlangan futbolchisi sifatida ko‘rishini ko‘pchilik kutmagandi, ammo turnir oldidan jarohat olgan Lo Chelso yosh iqtidor sohibiga yo‘l ochdi.

Ensoning jahon chempionatiga borishi joriy mavsum Chempionlar ligasini tomosha qilganlar uchun ajablanarli bo‘lmadi. Biroq Enso turnirni zaxira o‘yinchisi sifatida boshladi. Argentina terma jamoasining 1-tur uchrashuvida terma jamoaning ajralmas futbolchisi Lo Chelso o‘rnini egallashi kerak bo‘lgan De Paul va Paredes asosiy tarkibda maydonga tushishdi.

Ammo pley-off boshlanishidan oldin Lionel Skaloni Fernandesni zaxirada qoldirishini tasavvur qilish qiyin edi. U tarkibdan joy olishga loyiq ekanligini guruh bosqichida tezda isbotladi. Ikkinchi tur bahsida Enso 57-daqiqada maydonga tushdi va tezda terma jamoadagi ilk golini urdi va Meksika ustidan qozonilgan g‘alabani taminladi. Buning evaziga Enso Argentina tarixida terma jamoa safida gol urgan ikkinchi (Messidan keyin) eng yosh futbolchiga aylandi. 

Polshaga qarshi o‘yinda Fernandes anchadan beri tanish bo‘lgan Alvaresga assistentlik qildi, chunki ular ikkalasi ham "River Pleyt" yoshlar jamoalarida o‘ynagan va o‘tgan mavsumda ularning eng yaxshi o‘yinchilari bo‘lishgan.

Argentinaliklarning Enso bilan maydonda o‘yinining asosiy ustunligi shundaki, u to‘pni taqsimlash va hujum yo‘nalishini o‘z zimmasiga olgan holda terma jamoaning asosiy o‘yinchisiga erkinlik berdi. Leo endi to‘pni olish va hujumkor o‘yinchilarga berish uchun qo‘llab-quvvatlash zonasiga tez-tez qaytib o‘ynashi shart emas edi.

Enso - ko‘plab top-klublarning orzusi, ammo tanlov allaqachon qilingan ko‘rinadi

Ensoning o‘yinlari gigantlarni o‘ziga jalb etdi va unga "Real Madrid", "Liverpul" va "Siti"dan qiziqish haqida birinchi ma’lumot oktyabr oyi o‘rtalarida paydo bo‘ldi. Biroq, bugungi kunda faqat ikkita asosiy da’vogar bor.

Madridning "Real" klubi argentinalik futbolchini "Borussiya"ning angliyalik yarim himoyachisi Jud Billingemga muqobil sifatida ko‘rib chiqmoqda. Katta ehtimol bilan ikkalasi ham 100 million yevrodan oshadi. Shu bois, "Real Madrid" Andrik uchun sarflangan mablag‘ va boshqa o‘rinlarni mustahkamlash zarurati tufayli ulardan faqat bittasini olishga qurbi yetadi.

Ikkala o‘yinchini ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi bo‘lgan "Liverpul" haqida ham aytish mumkin, Ensoni 120 million yevroga sotib olish varianti ham ular uchun to‘siq bo‘lmaydi, chunki yarim himoya zudlik bilan kuchayish va yoshartirishga hamda ozgina pul sarflashga muhtoj. So‘nggi yillar moliyaviy feyr-pleyga qaramay, 300 million yevro atrofida "Liverpul" transfer qilish imkoni bor.

So‘nggi bir necha kun ichida ishonchli Portugal matbuoti, shuningdek, "River Pleyt"ga yaqin bo‘lgan argentinalik jurnalistlardan kelayotgan ma’lumotlar oqimining ko‘payishi kuzatildi. Aytgancha, yarim himoyachining sobiq klubi keyingi sotuvning 25 foiziga haqli, shu munosabat bilan Argentina klubi Ensodan "Benfika"ga o‘tgandagi 12 million yevrodan tashqari yana 25 million yevro ishlab olishni kutmoqda.

Borgan sari ular "Liverpul" futbolchining agenti bilan bo‘lajak transfer bo‘yicha oldindan muzokara olib borishga muvaffaq bo‘lganini va "Liverpul" Portugaliya klublari bilan uzoq vaqtdan beri aloqalarni o‘rnatgan, shuning uchun "Benfika" to‘siqlarni qo‘yishi dargumon deb yozishmoqda. 

Yaratuvchi yoki "stopper" sifatida Enso "Liverpul" tizimiga juda mos tushadi va ularga kerakli tanlov va ko‘p qirralilikni beradi, chunki u mashaqqatli ishni bajarishga qodir bo‘lgan qat’iyatli va tirishqoq futbolchi. Fernandes - Yurgen Kloppga ko‘p jihatdan yordam bera oladigan futbolchi.

Manba: www.stadion.uz.
Kiritildi: 14:16, 21.12.2022.
O'qildi: 4017 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.