Kirish Ro'yxatdan o'tish
27/02 18:00 Buxoro 1-0 Qo‘qon-1912
27/02 18:45 Andijon 4-0 So‘g‘diyona
27/02 19:00 Paxtakor 2-0 Qizilqum
28/02 00:45 Parma 1-1 Kalyari
28/02 01:00 Levante 2-0 Alaves
28/02 01:00 Vulverhempton 2-0 Aston Villa
28/02 17:30 Bornmut - Sanderlend
28/02 18:00 Rayo Valyekano - Atletik Bilbao
28/02 18:45 Neftchi - Mash’al
28/02 19:00 Komo - Lechche
28/02 19:00 Lokomotiv - Surxon
28/02 19:15 Dinamo - Navbahor
28/02 20:00 Brayton - Nottingem Forest
28/02 20:00 Byornli - Brentford
28/02 20:00 Liverpul - Vest Xem
28/02 20:00 Nyukasl - Everton
28/02 20:15 Barselona - Vilyarreal
28/02 22:00 Verona - Napoli
28/02 22:30 Malyorka - Real Sosyedad
28/02 22:30 Lids - Manchester Siti
01/03 00:45 Inter - Jenoa
01/03 01:00 Real Ovyedo - Atletiko
01/03 19:00 OKMK - Bunyodkor
01/03 19:15 Nasaf - Xorazm

Jahon chempionatidan keyin "Oltin to‘p"ga ega chiqqan besh futbolchi. Keyingisi Messi bo‘ladimi?

Jahon chempionatidan keyin "Oltin to‘p"ga ega chiqqan besh futbolchi. Keyingisi Messi bo‘ladimi?

Baho:
+ | -

Lionel Messi 2021 yilda o‘zining yettinchi "Oltin to‘p"ini qo‘lga kiritgan edi. Ko‘pchilik bu sovrin Messi uchun so‘nggisi bo‘ladi deb o‘ylagandi. Ammo hozir vaziyat o‘zgarib qoldi. 2022 yilgi mundial Messini 2023 yilning "Oltin to‘p"iga da’vogarga aylantirdi. Benzema bu yilgi sovrinni qo‘lga kiritganida, Messi shortlistda ham yo‘q edi. Endilikda, Messi sakkizinchi "Oltin to‘p"ni qabul qilib olishiga yo‘l ochildi. Quyida tarixdagi "Oltin to‘pchilar" eslab o‘tiladi. Ular bu maqomga JCHdan keyin erishgan.

Luka Modrich (2018)

Aynan Modrich Messi va Ronalduning 10 yildan ortiq davom etgan gegemonligiga nuqta qo‘ygan futbolchi bo‘ldi. U 2018 yildagi mundialda ko‘rsatgan qahramonliklari sababli bu sovrinni olgan. Qolaversa, o‘sha yili "Real" o‘zining ketma-ket uchinchi YECHL kubogiga ega chiqqani ham Modrichga yordam berib yuboradi.

Fabio Kannavaro (2006)

Markaziy himoyachi Italiyaning 2006 yilgi g‘alabasida katta ishni amalga oshirgan. Kannavaro turnirning har bir daqiqasida maydonda harakat qilgan. Darvozasidan esa birorta gol o‘tkazib yubormagan. Italiyalik futbolchining bu o‘yini uni "Real"ga o‘tishiga sababchi bo‘ladi.

Ronaldo (2002)

1997 yilda tarixdagi ilk janubiy amerikalik "Oltin to‘p"ga ega chiqadi. Uning ismi Ronaldo edi. Braziliyalik qahramonimiz "Barselona"dan "Inter"ga rekord summada transfer qilinadi. 2002 yilda Koreya va Yaponiyadagi o‘yinlar Ronaldoni ikkinchi "Oltin to‘p" sari yetakladi. Turnir yakunlangach esa u "Real"ga yo‘l oldi.


Zayniddin Zidan (1998)

Fransiya yashil maydonlarida o‘tgan turnirda Ronaldo eng yaxshi nomiga loyiq ko‘riladi. Ammo finaldagi o‘yinlari Zidanni qahramonga aylantirgandi. Shu sababli u chempion sifatida "Oltin to‘p"ning 1998 yilgi versiyasini qo‘lga kiritgan.

Lotar Matteus (1990)

Matteus Messigacha Jahon chempionatlari tarixida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi edi. Uning shonli davri 1990 yilga to‘g‘ri keladi. Matteus boshchiligidagi Germaniya Maradonasi bor Argentinani finalda 1-0 hisobi bilan taslim etadi. Shunday qilib, Lotar o‘sha yilgi "Oltin to‘p"ga ega chiqadi.

 

 


ISMATOV J.

Manba: football365.com
Kiritildi: 15:47, 21.12.2022.
O'qildi: 2740 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.