Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/04 00:00 Brayton - Chelsi
22/04 00:30 Real Madrid - Alaves
22/04 00:30 Jirona - Betis
22/04 18:00 Surxon 2-1 Mash’al
22/04 20:15 Buxoro 0-1 Paxtakor
22/04 22:00 Elche - Atletiko
22/04 23:00 Real Sosyedad - Xetafe
23/04 00:00 Bornmut - Lids
23/04 00:00 Byornli - Manchester Siti
23/04 00:30 Barselona - Selta
23/04 19:00 Navbahor - So‘g‘diyona
23/04 19:00 Nasaf - Lokomotiv
23/04 20:15 Dinamo - OKMK
23/04 22:00 Levante - Sevilya
23/04 23:00 Rayo Valyekano - Espanyol
24/04 00:30 Real Ovyedo - Vilyarreal
24/04 19:00 Xorazm - Neftchi
24/04 19:00 Qizilqum - Qo‘qon-1912
24/04 20:15 Bunyodkor - Andijon
24/04 23:45 Napoli - Cremonese
25/04 00:00 Sanderlend - Nottingem Forest
25/04 00:00 Betis - Real Madrid

O‘FA prezidenti klublarni jiddiy ogohlantirdi

O‘FA prezidenti klublarni jiddiy ogohlantirdi

Baho:
+ | -

Bugun O‘zbekiston futbol assosiasiyasi prezidenti Abdusalom Azizov boshchiligida Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikromov, O‘FA ijroqo‘m a’zolari va professional futbol klublari vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘FA rahbariyati tomonidan har bir jamoada mavjud muammolar tinglandi. Ularni moddiy, tashkiliy va texnik masalalarda qo‘llab-quvvatlash mavzusi ko‘tarildi. Klublar terma jamoalar bilan hamjihat ishlagan holda iste’dodli futbolchilarni tarbiyalashi ustuvor vazifa etib belgilandi.

Murabbiy va mas’ullar shubhali o‘yinlarga aralashmaslik borasida jiddiy ogohlantirildi. Klublar vakillari tomonidan ko‘tarilgan muammoli masalalar tinglandi va ularni hal etish borasida O‘FA mas’ullariga aniq topshiriqlar berildi.

Suhbat davomida murabbiylar malakasini oshirish, klubda rahbar va murabbiy vakolatlarini tartibga keltirish, yosh futbolchilar yetishtirishga yanada jiddiy e’tibor qaratish, VAR tizimini hamda translyasiyalar sifatini takomillashtirish masalasida texnik ta’minotni kuchaytirish vazifasi qo‘yildi. Stadionlarning yoritish uskunalarini to‘laqonli jahon standartlariga moslash ishlarini yakuniga yetkazish belgilandi.

Kelayotgan 2023 yilda muxlislarda futbolimizga bo‘lgan ishonch va qiziqishni oshirish, sifatli, tomoshabob futbol orqali homiylarni jalb etib, klublarni xususiylashtirishga bosqichma-bosqich erishish zarurligi ta’kidlandi.

Manba: ufa.uz
Kiritildi: 22:01, 24.12.2022.
O'qildi: 2878 marta.
Fikrlar: 10 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик