Kirish Ro'yxatdan o'tish
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston 0-0 Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted 2-0 Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid 2-0 Levante
17/01 19:00 Udineze 0-1 Inter
17/01 20:00 Chelsi 2-0 Brentford
17/01 20:00 Lids 1-0 Fulhem
17/01 20:00 Liverpul 1-1 Byornli
17/01 20:00 Sanderlend 2-1 Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem 1-2 Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka 3-2 Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya 1-2 Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli 1-0 Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna 3-2 Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest 0-0 Arsenal
18/01 00:45 Kalyari 1-0 Yuventus
18/01 01:00 Betis 2-0 Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano
19/01 00:45 Milan - Lechche
19/01 01:00 Real Sosyedad - Barselona
19/01 22:30 Cremonese - Verona

xG'ga asoslangan APL jadvali: "Chelsi" 15 o‘rinda, "Arsenal" esa yetakchi emas

xG'ga asoslangan APL jadvali: "Chelsi" 15 o‘rinda, "Arsenal" esa yetakchi emas

Baho:
+ | -

Angliya Premyer-ligasi Rodjestvodan keyin qaytadi. APLning barcha 20 jamoasi Boksing dey davomida kuch sinashadi. Dunyoning eng tomoshabop ligasi hamma kabi mundial sababli noyabr va dekabr oylarida tanaffusga chiqqandi. Ammo hozir klublar qaytadan kuch sinashishga tayyor turibdi. Quyida bu mavsumning hozirgi qismiga qadar xG(golli vaziyatlar) borasida turnir jadvali qanday ko‘rinish olishi haqida so‘z boradi.


Butun dunyoga xG(expected Goals) sifatida tanilgan statistik ma’lumot jamoalarning vaziyatlariga ko‘ra, nechta gol urishi va o‘tkazib yuborishini hisoblashda ishlatiladi. Shu ma’lumotlar asosida turnir jadvali shakllantirilganida, qiziq holat yuzaga keldi. Eng keskin o‘zgarish "Chelsi" pozisiyasida yuz bergan. 16 tur davomida Grem Potter jamoasi murakkab davrni boshdan o‘tkazdi. Hozir londonliklar jadvalning 8 pog‘onasini band etib turibdi. Agarda xG'ga qarab hisoblansa, "Chelsi" hozirgidan 6 ochko kamroq jamg‘arib, 15 o‘rinda borayotgan bo‘lishi kerak edi. Raqamlar shuni ko‘rsatadiki, "aristokratlar" vaziyatlardan foydalanish borasida ancha omadi chopgan. Aslida, xG bo‘yicha ular urgan gollaridan ko‘ra ko‘proq o‘tkazib yuborgan bo‘lishi kerak edi. Real vaziyatda esa "Chelsi" 14 o‘yinda 17 ta gol urib, 17 ta o‘tkazib yuborgan va gollar nisbati nolga teng.

"Arsenal" muxlislari ham xG asosida tuzilgan jadvalga qarashni xohlamagan bo‘lardi. Chunki ularning jamoasi xG'ga tayanilgan statistikada "Manchester Siti"ga birinchilikni boy beradi. Ha, Arteta jamoasi boksing deyga "shaharliklar"dan 5 ochko oldinda yetib keldi. Ammo xG "Arsenal" futbolchilarini raqib darvozasi oldida ancha omadsiz harakat qilganini ko‘rsatadi. Bu jadvalda "Arsenal"dan 4 ochko olib tashlangan bo‘lib, "Manchester Siti"ga 1 ochko qo‘shilgan. xG esa manchesterliklarda ko‘proq. Shunday qilib, Gvardiola jamoasi "Arsenal"dan yuqoriga joylashdi.

"Manchester Yunayted" statistikasiga qaraydigan bo‘lsak sezilarli tushishni guvohi bo‘lamiz. Ular xG-jadvalda real o‘rnidan besh pog‘ona pastlagan. Ten Xag jamoasi 4 ochko kamroq to‘plagani ayon bo‘ladi.
Umumiy jadvaldagi dramatik o‘zgarish "Bornmut" bilan sodir bo‘lgan. "Olchalar" real hayotda 16 ochko bilan 14 o‘rinda turibdi. Ammo xG-jadval shuni ko‘rsatadiki, bu klub atigi 6 ochko bilan turnir jadvalining eng pastidan joy olishi kerak.
Shuningdek, "Everton"da ham xG borasida muammo mavjud va ular asliyatga qaraganda 6 ochko kam to‘plab, xavfli hududda bo‘lishi kerak. Ma’lumotlarda aytilishcha, Frenk Lempard jamoasini mavsumning qiyin bo‘lgan ikkinchi qismi kutib turibdi.

"Lids" va "Vest Xem" xG asosida yaxshiroq pozisiyalarga joylashishi ko‘zda tutilgan. Shu bilan birgalikda "Nyukasl", "Tottenxem", "Liverpul", "Brentford" va "Lester"ning o‘rinlarida haqiqiy jadvaldagisi bilan unchalik ham farq mavjud emas. Rodjestvo o‘tishi bilan, ertadan boshlab APL qaytadi va bizni oldinda bir nechta qiziq bahslar kutib turibdi.

Intrigaga boy uchrashuvlar orasida "Arsenal" va "Vest Xem" bor. Ikki London jamoasidan biri 2005 yildan beri ilk bor chempionlikka da’vo qila boshladi. Ammo ularga Erling Xolandi bor "Manchester Siti" qattiq raqobat taklif etmoqda.
Boshqa tomonda "Nyukasl" kutilmagan burilish namoyish etib, kuchli to‘rtlikka intila boshladi. Ammo "qarg‘alar"ni bu yo‘lda "Liverpul", "MYU" va "Chelsi" ta’qib etadi. Turnir jadvali pastida Lopetegi va Natan Jons boshchiligidagi "Vulvz" va "Sautgempton" omon qolish uchun kurash olib boradi. Bularning barchasini mavsumning qolgan qismida kuzatib boramiz.

 

 

 

 

ISMATOV J.

Manba: thesun.co.uk
Kiritildi: 17:52, 25.12.2022.
O'qildi: 3246 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.