Kirish Ro'yxatdan o'tish
16/01 00:45 Komo 1-3 Milan
16/01 16:30 Yaponiya 1-1 Iordaniya
16/01 20:30 Vyetnam 3-2 BAA
17/01 00:45 Piza 1-1 Atalanta
17/01 01:00 Espanyol 0-2 Jirona
17/01 16:30 O‘zbekiston - Xitoy
17/01 17:30 Man. Yunayted - Manchester Siti
17/01 18:00 Real Madrid - Levante
17/01 19:00 Udineze - Inter
17/01 20:00 Chelsi - Brentford
17/01 20:00 Lids - Fulhem
17/01 20:00 Liverpul - Byornli
17/01 20:00 Sanderlend - Kristal Pelas
17/01 20:00 Tottenhem - Vest Xem
17/01 20:15 Malyorka - Atletik Bilbao
17/01 20:30 Avstraliya - Janubiy Koreya
17/01 22:00 Napoli - Sassuolo
17/01 22:30 Osasuna - Real Ovyedo
17/01 22:30 Nottingem Forest - Arsenal
18/01 00:45 Kalyari - Yuventus
18/01 01:00 Betis - Vilyarreal
18/01 16:30 Parma - Jenoa
18/01 18:00 Xetafe - Valensiya
18/01 19:00 Bolonya - Fiorentina
18/01 19:00 Vulverhempton - Nyukasl
18/01 20:15 Atletiko - Alaves
18/01 21:30 Aston Villa - Everton
18/01 22:00 Torino - Roma
18/01 22:30 Selta - Rayo Valyekano

Gabriyel Jezus sobiq jamoasidan chempionlikni tortib olishda «Arsenal»ga yordam bera oladimi?

Gabriyel Jezus sobiq jamoasidan chempionlikni tortib olishda «Arsenal»ga yordam bera oladimi?

Baho:
+ | -

Angliya premyer ligasida chempionlik maqomiga erishish «Arsenal» uchun eng qizg‘in pallasida. 2003-04 yilgi mavsumda Arsen Venger boshchiligidagi «to‘pchilar» klubning so‘nggi chempionligini qo‘lga kiritganidan beri birinchi marta «Arsenal» kubokni o‘ziniki qilib olib keta oladigan jamoadek his qilmoqda. Ammo Mikel Artetaning shogirdlari hozircha yo‘lning faqat oson qismni bosib o‘tishdi.

Shunga qaramasdan, 14 o‘yinda bor-yo‘g‘i bitta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan holda turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qolish Arteta va uning yosh jamoasi uchun haqiqiy yutuqdir.

Qatarda bo‘lib o‘tgan 2022 yilgi jahon chempionati uchun olti haftalik tanaffusdan so‘ng Premyer liga davom etar ekan, «Arsenal» poygada peshqadam bo‘lishga loyiq, ammo mavsum oxirigacha yetakchilikni saqlab qolish ularning o‘z qo‘lida. Ularning qanchalik uzoqqa olib borishini esa kuzatamiz.

Premyer liga 1992-93 yillarda boshlanganidan beri 30 ta mavsum yakunlandi va yangi yilni turnir jadvalini yetakchi sifatida yakunlagan 30 ta jamoadan 16 tasi mavsum chempioniga aylangan, qolgan 14 ta jamoaga esa bu nasib etmagan. 2003 yil 31 dekabr kunida «Arsenal» «Manchester Yunayted»dan keyin ikkinchi bo‘ldi va chempion bo‘ldi.

Bu safargi tarixiy statistika biroz o‘zgardi, «Arsenal» Jahon chempionati o‘tkazilgunga qadar bor-yo‘g‘i 14 o‘yin o‘tkazdi. Avvalgi mavsumlarga qaraydigan bo‘lsak, jamoalar odatda yil yakunigacha 17 ta o‘yin o‘tkazishgan, shuning uchun Arteta jamoasiga mavsum chempionligi uchun kurashda bosim yuklash adolatdan emas, ammo bu bilan «Arsenal»ni chempionlik kurashidan chiqarib qo‘yish niyatida ham emasmiz.

Amaldagi chempion «Manchester Siti» esa peshqadamdan bor-yo‘g‘i besh ochko ortda qolganiga qaramay, hamon favorit bo‘lib qolmoqda. Pep Gvardiola jamoasi ham o‘zlari xatoga yo‘l qo‘ymagan holatda «to‘pchilar»ning qoqilishini kutadi.

Arteta uchun eng katta tashvish hujumchi Gabriyel Jezusni yo‘qotish bo‘ladi, u JCHda Braziliya tarkibida maydonga tushib olgan jarohati tufayli to‘rt oygacha safdan chiqishi mumkin. 25 yoshli futbolchi yozda «Man Siti»dan 45 million funt sterlingga transfer qilinganidan beri «kanonirlar» safida beshta gol urdi. «Arsenal» faqatgina Gabriyel Jezusga bog‘lanib qolmagan bo‘lsa-da, shu qisqa vaqt davomida braziliyalik forvard tarkibdagi asosiy o‘yinchilardan biriga aylanib ulgurdi. Qiziq ma’lumot, Gabriyel Jezus gol urgan o‘yinlarning birortasida «Arsenal» yutqazmagan.

Shuning o‘ziyoq Jezusning Arteta jamoasi uchun qanchalik muhim o‘yinchi ekanligini ko‘rsatadi. Qolganini esa vaqt ko‘rsatadi, biz esa kuzatishda davom etamiz.

Kiritildi: 18:41, 25.12.2022.
O'qildi: 1648 marta.
Fikrlar: 2 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.